Nodavlat OTM rektorlariga davlat OTM rektorlari kabi malaka talablari qo‘yiladi

Nodavlat OTM rektorlariga davlat OTM rektorlari kabi malaka talablari qo‘yiladi

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari rektorlari uchun davlat OTM rektorlari kabi malaka talablari joriy etilishi taklif qilinmoqda. Unga ko‘ra, rektor ilmiy daraja va unvonga ega bo‘lishi hamda oliy ta’lim sohasida kamida 5 yillik rahbarlik ish stajiga ega bo‘lishi kerak.

 

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Unga ko‘ra, nodavlat OTM rektorlari:

 

  1. oliy ta’lim tashkilotlarida boshqaruv lavozimida ishlash uchun zarur kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatiga, ta’lim sohasida rahbarlik tajribasi va tegishli bilim hamda ko‘nikmalarga ega bo‘lishi;
  2. intellekt, madaniyat, yetakchilik, ijodkorlik, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik kabi shaxsiy fazilatlarga ega bo‘lishi;
  3. OTMda bakalavr yoki magistrlar tayyorlash yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha fan doktori (DSc) yoki fan nomzodi (PhD) ilmiy darajasiga, shuningdek, professor yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lishi;
  4. kafedra mudiri, fakultet dekani yoki uning o‘rinbosari, prorektor kabi rahbarlik lavozimlarida yoxud oliy ta’lim sohasidagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarida kamida 5 yil samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur.

 

Shuningdek, hujjatga ko‘ra, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni yangi talablarga muvofiqlashtirish uchun ikki oy muddat beriladi.

 

Avvalroq, xususiy taʼlim xizmatlari bozorida yangi tartiblar joriy etilishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish