Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabning 0 (tayyorlov guruhi) va 1-sinfiga hujjat topshirgan nomzodlar uchun kirish imtihonlarining birinchi bosqichi 25–26-iyul kunlari o‘tkaziladi. Unda ishtirokchilarning mantiqiy fikrlashi, xotirasi, diqqati va tasavvurini baholashga qaratilgan sinovlar tashkil etiladi.
25–26-iyul kunlari Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabning 0 (tayyorlov guruhi) va 1-sinfiga hujjat topshirgan nomzodlarning mantiqiy fikrlashi, xotirasi, diqqati va tasavvurini baholashga qaratilgan sinovlar (birinchi bosqich) bo‘lib o‘tadi.
– 0 (tayyorlov guruhi) uchun 25-iyul kuni soat 09:30 da;
– 1-sinf uchun: 26-iyul | soat 09:30 da.
Ruxsatnomani ariza.piima.uz platformasidagi shaxsiy kabinet orqali yuklab olishingiz so‘raladi.
Imtihonlar Toshkent shahri Yashnobod tumani Maxtumquli ko‘chasidagi 28-uyda joylashgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab binosida o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, ta’lim va dars jarayonlari davlat tilida olib boriladi. Shu bois, kirish imtihonlari ham davlat tilida tashkil etiladi.
Nomzodlardan imtihon o‘tkaziladigan manzilga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin yetib kelishlari hamda o‘zlari bilan ruxsatnoma va tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasini olib kelishlari so‘raladi.
Imtihon o‘tkaziladigan manzilga belgilangan vaqtdan kechikib kelgan nomzodlar imtihon jarayonlariga kiritilmaydi.
Avvalroq, xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul jarayonlari va imtihonlar qay tartibda boʻlishi haqida xabar bergan edik.
