Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga kirish imtihonlari qachon va qayerda o‘tkaziladi?

Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga kirish imtihonlari qachon va qayerda o‘tkaziladi?

Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga kirish imtihonlari sanasi va tartibi ariza.piima.uz qilindi. Nomzodlar uchun aniq va tabiiy fanlar hamda ingliz tili bo‘yicha sinovlar belgilangan jadval asosida o‘tkaziladi.

 

2026/2027-o‘quv yili uchun Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga kirish imtihonlari 23–24-iyul kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

 

23-iyul kuni soat 08:00da aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha kirish imtihoni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Respublika kelajak markazi” binosida bo‘lib o‘tadi.

 



 

24-iyul kuni esa ingliz tili bo‘yicha ikkinchi bosqich kirish imtihoni British Council tomonidan maktabning rasmiy veb-saytida e’lon qilingan “Qabul imtihoni spetsifikatsiyasi” asosida Toshkent shahrining Olmazor tumanida uch smenada tashkil etiladi.

 

 

Nomzodlarning imtihonga kelish vaqtlari quyidagicha belgilangan:

 

– 07:00 — 1-guruh;

 

– 10:30 — 2-guruh;

 

– 14:00 — 3-guruh.

 

Nomzodlar aniq va tabiiy fanlar hamda ingliz tili bo‘yicha kirish imtihonlari uchun ruxsatnomalarni ariza.piima.uz platformasidagi shaxsiy kabinet orqali yuklab olishlari lozim.

 

IELTS sertifikatining Overall 7.0, Writing 6.0 va undan yuqori natijasiga ega nomzodlar ingliz tili bo‘yicha kirish imtihonidan ozod etiladi. Ularga ushbu fan uchun maksimal ball beriladi. Bu haqdagi ma’lumot nomzodlarning shaxsiy kabinetlari orqali yuboriladi.

 

Shuningdek, barcha nomzodlardan imtihon o‘tkaziladigan manzilga belgilangan vaqtdan oldin yetib kelishlari hamda o‘zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnomani olib kelishlari so‘raladi.

 

Avvalroq, Al-Beruniy maktabiga qabulda ayrim talabgorlarga IELTS sertifikatini taqdim etish uchun qo‘shimcha muddat berilgan edi.