Kasbiy (ijodiy) imtihonlar uchun ruxsatnomalar eʼlon qilindi: qayerdan yuklab olsa boʻladi?

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar uchun ruxsatnomalar eʼlon qilindi: qayerdan yuklab olsa boʻladi?

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar va Toshkent davlat yuridik universitetining “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” hamda “Raqamli huquq” ta’lim yo‘nalishlariga IQ bo‘yicha imtihon topshiruvchi abituriyentlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

 

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar respublika bo‘yicha 62 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkaziladi.

 

Kasbiy (ijodiy) hamda IQ imtihonlarining aniq sanasi, vaqti va manzili ko‘rsatilgan. Abituriyentlar ruxsatnomalarini telegramdagi @ruxsatnoma_uzbmb_bot manzili orqali yoki  shaxsiy kabinetida (my.uzbmb.uz saytida) yuklab olishlari mumkin.

Diqqat! Abituriyentlardan shaxsiy kabineti orqali kasbiy (ijodiy) hamda IQ imtihoni ruxsatnomalarini yuklab olish va imtihon o‘tkaziladigan joyga belgilangan vaqtdan bir soat oldin yetib borish so‘raladi.