Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish uchun qancha to‘lov undiriladi?

Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish uchun qancha to‘lov undiriladi?

Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan talabgorlar arizalarini 15-iyuldan boshlab topshirishi mumkin. Arizani ko‘rib chiqish uchun 206 ming so‘m miqdorida yig‘im undiriladi.

 

Xabar berganimizdek, xorijiy va nodavlat oliygohlardan o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan talabalarning arizalar  15-iyuldan 5-avgustgacha elektron platformalar orqali qabul qilinadi.

 

Mazkur jarayon alohida davlat xizmati toifasiga o‘tkazilgani sababli, arizani ko‘rib chiqish uchun davlat yig‘imi undiriladi.

 

Amaldagi tartibga ko‘ra, yig‘im miqdori ariza topshirilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 50 foizi etib belgilangan. Hozirda BHM 412 ming so‘mni tashkil etadi. Shundan kelib chiqib, arizani ko‘rib chiqish uchun 206 ming so‘m to‘lov amalga oshiriladi.

 

To‘lov ariza tizimda shakllantirilgandan so‘ng avtomatik ravishda taqdim etiladigan invoys raqami orqali Payme, Click yoki banklarning mobil ilovalari yordamida onlayn tarzda amalga oshiriladi.

 

Avvalroq, o‘qishni ko‘chirish uchun elektron so‘rovnomaga qanday ma’lumotlar kiritilishi haqida xabar bergan edik.