2026-yil bahorgi attestatsiyada ishtirok etib malaka toifasini olgan o‘qituvchilarning sertifikatlari taxminan 10-15 kun ichida shaxsiy kabinetlarga yuboriladi.
2026-yil yanvar–iyun oylarida attestatsiyada ishtirok etgan pedagoglarning shaxsiy kabinetlariga attestatsiya yakunlari bo‘yicha tayyorlangan qaror loyihalarini tez orada yuborilishi rejalashtirilmoqda.
Pedagoglar qaror loyihasi bilan tanishib chiqib, unda yuzaga kelgan savollar bo‘yicha hududlardagi ishchi guruhlarga murojaat qilishlari mumkin.
Shuningdek, joriy yil yanvar–iyun oylarida o‘tkazilgan attestatsiya yakunlariga bo‘yicha malaka toifasi berilgan pedagoglarning sertifikatlari ham yaqin kunlarda, taxminan 10–15 kun ichida, ularning shaxsiy kabinetlariga joylashtiriladi.
Avvalroq 2026-yil 26-may va 2-iyun kunlari akademik litsey hamda kasbiy ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun o‘tkazilgan attestatsiya natijalari tasdiqlangan edi.
Eslatib o‘tamiz, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan 1-iyungacha pedagoglarning murojaatlari asosida jami 5 163 nafar pedagogga to’g’ridan-to’g’ri malaka toifasi berilgan.

