Sport maktablariga hujjatlarni qabul qilish jarayoni davom etmoqda. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi xabar berishicha, sport maktablariga kirish imtihonlari kasbiy (ijodiy) imtihon va test sinovlari shaklida o‘tkaziladi.
Xabaringiz bor, 15-maydan sport maktablariga, hujjatlarni qabul qilish boshlangan.
Sport maktablarga kirish imtihonlari qaysi fanlardan va qanday tartibda o‘tkaziladi?
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi xabar berishicha, Sport maktablarining kirish imtihonlari quyidagi tartibda o‘tkaziladi:
Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabining kirish imtihoni ikki bosqichda o‘tkaziladi:
Birinchi bosqich — kasbiy (ijodiy) imtihon:
– umumjismoniy tayyorgarlik — 30 ball;
– maxsus jismoniy tayyorgarlik — 70 ball;
– kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazishda o‘quvchilarga baholash mezonlarida belgilanganidan boshqa qo‘shimcha imkoniyat berilmaydi.
Ikkinchi bosqich — test:
– psixologik test — 15 ta;
– intellektual qobiliyat darajasini aniqlash bo‘yicha 20 ta test;
– jami 35 ta test topshirig‘i, har bir to‘g‘ri belgilangan test topshirig‘iga 1 balldan, jami 35 ball beriladi.
Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi kirish imtihoni bir bosqichda, sport gimnastikasi turi bo‘yicha o‘tkaziladi.
Kasbiy (ijodiy) imtihon:
– umumjismoniy tayyorgarlik — 30 ball;
– maxsus jismoniy tayyorgarlik — 70 ball;
– kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazishda o‘quvchilarga baholash mezonlarida belgilanganidan boshqa qo‘shimcha imkoniyat berilmaydi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun – Call-markazning 1206 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.
Avvalroq, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari qaysi fanlardan va qanday tartibda o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik.
