Musiqa va san’at maktablari pedagoglari uchun malaka sinovlari 2-noyabrdan boshlanadi

Musiqa va san’at maktablari pedagoglari uchun malaka sinovlari 2-noyabrdan boshlanadi

Musiqa fani o‘qituvchilari hamda san’at va madaniyat maktablari pedagoglari uchun attestatsiya doirasidagi malaka sinovlari ijodiy va nazariy shakllarda o‘tkaziladi. Sinovlarning hududlar kesimidagi manzillari va sanalari tasdiqlangan reja-grafikda belgilangan.

 

Joriy yilning 2-noyabridan 21-noyabrigacha ayrim pedagog kadrlar uchun attestatsiya doirasida o‘quv fanidan malaka sinovlari tashkil etiladi.

 

Sinovlarda bolalar musiqa va san’at maktablari, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlari, oliy maktablari, Milliy gvardiya Harbiy musiqa akademik litseyi mutaxassislik fanlari pedagoglari, shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining “Musiqa madaniyati” fani o‘qituvchilari ishtirok etadi.

 

Malaka sinovlari ijodiy va nazariy shakllarda o‘tkaziladi. Nazariy sinovlar og‘zaki yoki yozma shaklda tashkil etilishi belgilangan.

 

Toifa sinovlarida ishtirok etish uchun pedagoglardan shaxsni tasdiqlovchi hujjat hamda murojaat yuborish vaqtida to‘ldirilgan so‘rovnoma talab etiladi.

 

Pedagoglar sinovlarning o‘tkazilish joyi, manzili va aniq sanasi bilan hududlar kesimidagi reja-grafik orqali tanishishlari mumkin.

 

Kuzgi attestatsiya sinovlari oʻtkaziladigan joy manzillari — bu yerda

 

2026-yil avgust-dekabr oylarida o‘tkaziladigan attestatsiya imtihoni sanalari — bu yerda

 

Geolokatsiyalar:

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

 

 

Andijon viloyati

 

 

Buxoro viloyati

 

 

Farg‘ona viloyati

 

 

Jizzax viloyati

 

 

Namangan viloyati

 

 

Navoiy viloyati

 

 

Qashqadaryo viloyati

 

 

Samarqand viloyati

 

 

Sirdaryo viloyati

 

 

Surxondaryo viloyati

 

 

Toshkent shahar

 

 

Toshkent viloyati

 

 

Xorazm viloyati