Toshkentda 16 yoshli o‘quvchi qiz o‘z uyida osilgan holda topildi

Toshkentda 16 yoshli o‘quvchi qiz o‘z uyida osilgan holda topildi

Toshkent shahrida 16 yoshli qiz o‘z uyida osilgan holatda topilgan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Toshkent shahrining Olmazor tumanida voyaga yetmagan qizning vafoti bilan bog‘liq holat qayd etildi.

 

Uning bildirishicha, 2026-yil 12-oktyabr kuni soat 18:12 da “112” qisqa raqami orqali kelib tushgan xabar asosida Toshkent shahri Olmazor tumani “Ibrohim ota” MFY, Chuqursoy ko‘chasida joylashgan xonadonda 2010-yil 17-avgustda tug‘ilgan M.R.ning vafot etgani aniqlangan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa vaqtida uy eshigi qulflangan bo‘lgan. Shundan so‘ng qizning ukasi balkon orqali xonadonga kirgan. U opasini osilgan holatda ko‘rgan.

 

Voqea joyiga yetib kelgan tez tibbiy yordam xodimlari qizning vafot etganini qayd etgan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilayotgani ma’lum qilingan.

 

Avvalroq, Buxoro davlat texnika universitetining yana bir talabasi oʻz joniga qasd qilgani haqida xabar berilgandi.