Toshkentdagi maktabda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida janjal yuz bergani aytilmoqda

Toshkentdagi maktabda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida janjal yuz bergani aytilmoqda

Toshkentdagi 275-sonli maktabda o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida yuz bergan nizo aks etgan videolavha ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirib, voqea ishchi guruh tomonidan o‘rganilayotganini ma’lum qildi.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 275-sonli umumta’lim maktabida informatika fani o‘qituvchisi hamda 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida yuzaga kelgan nizo aks etgan videolavha tarqaldi.

 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

 

Ma’lum qilinishicha, ayni paytda holat huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda tuzilgan ishchi guruh tomonidan o‘rganilmoqda.

 

‘‘Bu bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi’’, — deyiladi munosabatda.

 

Shuningdek, maktab ichki tartib-qoidalariga rioya qilmagan hamda holatga aloqador barcha shaxslarga nisbatan qonun doirasida tegishli choralar ko‘rilishi bildirilgan.

 

Avvalroq, Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanidagi 16-sonli umumtaʼlim maktabi direktori oʻquvchini “samosud” qilgani haqida tarqalgan edi.