2ta A+ va A: Gulistonda 10-sinf o‘quvchisi 5 ta fandan milliy sertifikat olib, muddatidan oldin talabalikni naqd qildi

2ta A+ va A: Gulistonda 10-sinf o‘quvchisi 5 ta fandan milliy sertifikat olib, muddatidan oldin talabalikni naqd qildi

Sirdaryo viloyati, Guliston shahrida 10-sinf o‘quvchisi muddatidan avval talabalikni qo‘lga kiritdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ushbu natija bilan u Toshkent tibbiyot akademiyasiga hujjat topshirishni maqsad qilgan.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Sirdaryo viloyati, Guliston shahrida 10-sinf o‘quvchisi Axmetova Shabnam Baxrombek qizi 5 ta fandan sertifikatlar olib, muddatidan bir yil avval 189 ball to‘pladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Xususan, u kimyo va biologiyadan A+, tarixdan A, matematika hamda o‘zbek tili va adabiyotdan C+ darajali milliy sertifikatlarga ega bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Talimxabarlari.uz sayti muxbiri mazkur o‘quvchi bilan sertifikatga tayyorgarlik jarayoni va kelajakdagi rejalari haqida suhbatlashdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

“O‘zimni sinab ko‘rish va bilimlarimni mustahkamlash maqsadida sertifikat olishni 8-sinfdan xohlab boshladim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Dastlab tayyorgarlik jarayoni biroz qiyin kechdi, lekin vaqt o‘tishi bilan barcha qiyinchiliklarni yengib o‘ta oldim,” — deydi o‘quvchi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

“Kimyo fanini mukammal o‘rganishim uchun ko‘proq vaqt talab qildi”

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shabnamning aytishicha, kimyo faniga chuqur tayyorgarlik ko‘p vaqt talab qilgan bo‘lsa, qolgan fanlarga taxminan bir yil davomida tayyorlangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

“Kimyo fanini mukammal o‘rganishim uchun ko‘proq vaqt talab qildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Qolgan fanlarga esa taxminan 1 yil davomida tayyorlandim va bu yetarli bo‘ldi,” — deydi u.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Tayyorgarlik jarayonida darsliklar va repetitorlardan foydalanish bilimlarni mustahkamlashda muhim rol o‘ynagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ O‘quvchi samarali usullarini shunday izohlaydi:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

“Vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, diqqatni jamlash va boshqa chalg‘ituvchi narsalardan uzoq bo‘lish eng samarali usullarim bo‘ldi.”⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

U test vaqtida ko‘p qilinishi mumkin bo‘lgan xatoni quyidagicha ta’riflaydi:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

“Testda eng katta xatolardan biri — bitta savolga ortiqcha vaqt sarflash.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Tez ishlash ko‘nikmasini shakllantirish va barcha savollarni boshidan oxirigacha ko‘rib chiqish juda muhim”.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

“Tungi soat 1–2 gacha dars qilardim”

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bo‘lg‘usi talabaning ta’kidlashicha, tayyorgarlik davomida fanlarni chuqur va mukammal o‘rganishi natijasida imtihon savollari katta qiyinchilik tug‘dirmagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

“Men bir vaqtning o‘zida ko‘p fanlarni o‘rganishga urinmadim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Har bir fanga alohida e’tibor qaratganim sababli, ularni tezroq o‘zlashtira oldim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shuning uchun, maktab hamda sertifikat tayyorgarligiga bemalol ulgurdim”, — deydi Shabnam.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Oldinda yana qo‘shimcha bir yili bo‘lgan Shabnam tayyorgarlikni vaqtli boshlab avvalroq sertifikat olgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

“Ba’zi paytlarda tungi soat 1–2 gacha dars qilishimga to‘g‘ri kelardi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shunga qaramay, ertalab 5:30 da turish oson bo‘lmasa-da, maqsadim uchun bunga ham sabr qildim”.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Uning aytishicha, boshqa abituriyentlarda bo‘ladigandek tayyorgarlik davomida unda ham tushkunlikka tushish va turli qiyinchiliklar, hatto tortishuvlar ham bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

“Tayyorgarlik vaqtida tushkunliklar va turli qiyinchiliklar, hatto tortishuvlar ham bo‘ldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Masalan, olimpiadalardagi tushunmovchiliklar yoki ustozlardan tanbeh eshitish ba’zida ruhiy bosim berdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Lekin aynan shu sinovlar meni kuchaytirib, yanada o‘sishimga yordam berdi,” — deydi o‘quvchi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

“Maktablarda son emas, sifat muhim”

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

O‘quvchi o‘z tajribasidan kelib chiqib, sertifikat olishni istaganlarga quyidagicha tavsiyalarni berdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bular: ko‘ngilxushlikka berilib ketmaslik, chalg‘ituvchi narsalardan yiroq bo‘lish va imkon qadar ertaroq, sifatli tayyorgarlikni boshlash.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Suhbat yakunida o‘quvchi maktabdagi ta’lim tizimi haqida fikrlari bilan bo‘lishdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

“Mening fikrimcha, maktablarda son emas, sifat muhim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ O‘qituvchilar mavzuni chuqur, tushunarli va qiziqarli tarzda yetkazsalar, o‘quvchilar ham bilim olishga yanada qiziqadilar”, — dedi u.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Hozirda Shabnam ingliz tilini chuqur o‘rganmoqda, chunki kelajakda chet elda malaka oshirishi va rivojlanishi uchun bu til muhim deb hisoblaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shabnamni o‘qishlariga muvaffaqiyat tilab qolamiz!⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, Andijonda 11-sinf o‘quvchisi muddatidan avval talabalikni naqd qilgani haqida xabar bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠