Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 21-may kuni o‘tkaziladi.
2026-yil 21-may kuni xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tadi.
Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiradigan fanlar va test topshirish hududi bilan quyidagi PDF faylda, shuningdek, my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali tanishish mumkin.
Talabgorlar test o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda, shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.
Izoh: talabgorlar turli sabablarga ko‘ra test topshirish hududini yoki test topshirish tilini o‘zgartirish uchun https://t.me/NostrifikatsiyaBBA_bot manzili orqali (ariza raqami, ism, familiya va sharifini keltirgan holda) murojaat qilishlari mumkin.
Ro‘yxat — Fayni yuklash
Bilimni baholash agentligi xabariga ko‘ra, 8-may kunida o‘tkazilgan nostrifikatsiya qilish bo‘yicha sinovda 407 nafar talabgor ishtirok etgan. Shulardan 70 nafari belgilangan talabni bajargan.
