HEMIS tizimida bitiruv ishlari mavzularini shakllantirish tartibi yangilandi

HEMIS tizimida bitiruv ishlari mavzularini shakllantirish tartibi yangilandi

Endilikda HEMIS tizimida bitiruv ishlari mavzulari elektron raqamli imzo (ERI) bilan tasdiqlanadi. Yangi tartibga ko‘ra, mavzular rasmiy buyruq asosida tizimga kiritilib, diplom ilovasidagi xatoliklar oldi olinadi.

 

HEMIS tizimida bitiruv ishlari mavzularini shakllantirish jarayoni o‘zgartirildi. Endilikda barcha mavzular rasmiy buyruq asosida, elektron raqamli imzo (ERI) bilan tasdiqlangan holda tizimga kiritiladi.

 

Mavzularni biriktirishning yangi tartibi:

 

1. “Ta’lim buyruqlari” bo‘limida “Bitiruv ishlari mavzusini tasdiqlash” turidagi buyruq shakllantiriladi. Unga tegishli asoslovchi hujjatlar va imzolovchi mas’ullar biriktiriladi.

 

2. “Talaba qo‘shish” tugmasi orqali bitiruvchi talabalar va ularga mas’ul bo‘lgan kafedralar buyruq ro‘yxatiga kiritiladi.

 

3. Mavzularni kiritish (2 xil usulda):

 

– Inividual: Har bir talaba ustiga bosib, mavzuning original va inglizcha nomlarini qo‘lda kiritish;

 

–  Guruhli (Excel): Talabalar ro‘yxatini Excel faylga yuklab olib, mavzularni to‘ldirish va tizimga qayta yuklash.

 

4. Buyruq barcha mas’ullar tomonidan imzolangach, mavzular avtomatik ravishda “Akademik arxiv/bitiruv ishlari” menyusida aks eta boshlaydi.

 

Nega bu muhim?

 

Mavzularning ERI bilan imzolanishi ularning rasmiyligini ta’minlaydi va keyinchalik diplom ilovasida xatoliklar kelib chiqishining oldini oladi.

 

Avvalroq, HEMIS tizimida Billing integratsiyasi: Talabalar kontrakt to‘lovlari holatini onlayn kuzatishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.