HEMIS tizimining 1.9.2 versiyasi ishga tushdi, unda kontraktlar roʻyxati funksiyasi yanada takomillashtirilib, Billing tizimi bilan integratsiya qilindi. Endi talabalar oʻzlarining toʻlov holatlarini onlayn tarzda monitoring qilishlari mumkin.
Xabar berganimizdek, HEMIS tizimining 1.9.2 versiyasi ishga tushirildi.
Unga koʻra, HEMIS tizimidagi kontraktlar roʻyxati funksionali yanada takomillashtirildi. Endilikda tizim Billing (toʻlov tizimi) bilan integratsiya qilingan boʻlib, barcha maʼlumotlarni avtomatik taqdim etadi.
Tizim orqali nimalarni bilish mumkin?
– Shartnoma raqami va summasi;
– Toʻlangan mablagʻ miqdori;
– Qarzdorlik toʻgʻrisidagi aniq maʼlumotlar.
Foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma
- Sinx tugmasi orqali billing tizimidan eng soʻnggi toʻlov maʼlumotlarini yangilab olish mumkin;
- Roʻyxatdagi barcha talabalar va ularning toʻlov holatini Excel fayliga yuklab olish mumkin;
- Talaba familiyasi ustiga bosish orqali uning shaxsiy shartnomasini yuklab olish va toʻlov tarixini koʻrish mumkin.
Ushbu funksional talabaning shaxsiy kabinetiga ham joylashtirildi. Endi talabalar bankka bormasdan yoki buxgalteriyada navbat kutmasdan, oʻzlarining toʻlov holatlarini onlayn monitoring qilib borishlari mumkin.
Avvalroq, talabalarning ijtimoiy faollik reytingi nega kerakligi va grant taqsimotida bu qanday ahamiyatga egaligi haqida xabar bergan edik.
