HEMIS 1.9.2 ishga tushdi: talabalar ijtimoiy faollik reytingi va stipendiya to‘lovlarini endi tizimda ko‘ra oladi

HEMIS 1.9.2 ishga tushdi: talabalar ijtimoiy faollik reytingi va stipendiya to‘lovlarini endi tizimda ko‘ra oladi

HEMIS tizimining 1.9.2 versiyasi ishga tushirildi. Yangi yangilanishlar orqali talabalar ijtimoiy faollik reytingini koʻrishi, stipendiya toʻlovlarini kuzatishi va bitiruv jarayonlari ustidan nazoratni kuchaytirishi mumkin boʻldi.

 

Yangilangan HEMIS tizimida ijtimoiy faollik, bitiruv jarayonlari va stipendiyalar boʻyicha bir qator muhim yangilanishlar amalga oshirildi:

 

– “Ijtimoiy faollik” sahifasida talabalarning mezonlar boʻyicha toʻplagan yakuniy reytingini koʻrish imkoniyati qoʻshildi;

 

– Talabalar va masʼullar endi tayinlangan hamda haqiqatda toʻlangan stipendiyalar haqidagi maʼlumotlarni tizim orqali kuzatishi mumkin;

 

– Tizimda “Imtiyozli davlat granti” berilgan talabalar roʻyxatini yuritish uchun alohida funksiya va klassifikatorlar ishga tushdi;

 

– Bitiruv ishlarini yakuniy davlat attestatsiyasi (DAK) himoyasiga ruxsat berish farmoyishi moduli ishlab chiqildi;

 

– Talabalar oʻz kabinetlarida endi faqat tasdiqlangan diplom fayllarini koʻra oladilar;

 

– HEMIS va Kadrlar malakasini oshirish instituti tizimi oʻzaro bogʻlandi, fanlar boʻyicha maʼlumot almashinuvi yoʻlga qoʻyildi.

 

Shuningdek, diplom rasmiylashtirishdagi qatʼiy talablar belgilandi:

 

– Faqat barcha fanlardan baholari toʻliq shakllangan talabalargagina akkreditatsiya tasdiqlanadi;

 

– Diplom yaratish uchun talaba albatta “Bitiruvchi” statusida boʻlishi shart;

 

– Diplomni tasdiqlash uchun talaba “Oʻqishni bitirgan” statusiga oʻtkazilgan boʻlishi kerak.

 

Yangilangan HEMIS tizimida talabalarning ijtimoiy faollik indeksi mezonlari boʻyicha toʻplagan ballari asosida umumiy reytingni koʻrish funksiyasi qoʻshildi. Ushbu imkoniyatdan ham tyutorlar, ham talabalar foydalanishlari mumkin.

 

Reytingni qanday koʻrish mumkin?

 

– HEMIS tizimidagi “Ijtimoiy faollik arizalari” sahifasiga kiring;

 

– Sahifadagi “Reyting” tugmasini bosing;

 

– Ochilgan sahifada tegishli mezonlarni tanlash orqali talabalarning toʻplagan ballari saralangan (yuqoridan pastga) holda koʻrinadi.

 

Avvalroq, endi dars qoldirgan talabaning sababi hujjatli tasdiqlanganidan keyin tizimdan o‘zgartirilishi haqida xabar bergan edik.