HEMIS tizimida bitiruv ishlari mavzularini shakllantirish tartibi yangilandi

HEMIS tizimida bitiruv ishlari mavzularini shakllantirish tartibi yangilandi

Endilikda HEMIS tizimida bitiruv ishlari mavzulari elektron raqamli imzo (ERI) bilan tasdiqlanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Yangi tartibga ko‘ra, mavzular rasmiy buyruq asosida tizimga kiritilib, diplom ilovasidagi xatoliklar oldi olinadi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

HEMIS tizimida bitiruv ishlari mavzularini shakllantirish jarayoni o‘zgartirildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Endilikda barcha mavzular rasmiy buyruq asosida, elektron raqamli imzo (ERI) bilan tasdiqlangan holda tizimga kiritiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Mavzularni biriktirishning yangi tartibi:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

1.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ “Ta’lim buyruqlari” bo‘limida “Bitiruv ishlari mavzusini tasdiqlash” turidagi buyruq shakllantiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Unga tegishli asoslovchi hujjatlar va imzolovchi mas’ullar biriktiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

2.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ “Talaba qo‘shish” tugmasi orqali bitiruvchi talabalar va ularga mas’ul bo‘lgan kafedralar buyruq ro‘yxatiga kiritiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

3.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Mavzularni kiritish (2 xil usulda):⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

– Inividual: Har bir talaba ustiga bosib, mavzuning original va inglizcha nomlarini qo‘lda kiritish;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

–  Guruhli (Excel): Talabalar ro‘yxatini Excel faylga yuklab olib, mavzularni to‘ldirish va tizimga qayta yuklash.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

4.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Buyruq barcha mas’ullar tomonidan imzolangach, mavzular avtomatik ravishda “Akademik arxiv/bitiruv ishlari” menyusida aks eta boshlaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Nega bu muhim?

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Mavzularning ERI bilan imzolanishi ularning rasmiyligini ta’minlaydi va keyinchalik diplom ilovasida xatoliklar kelib chiqishining oldini oladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, HEMIS tizimida Billing integratsiyasi: Talabalar kontrakt to‘lovlari holatini onlayn kuzatishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠