Texnikum o‘quvchilari uchun dushanba, 11-may kuni dam olish kunimi?

Texnikum o‘quvchilari uchun dushanba, 11-may kuni dam olish kunimi?

Texnikumlarda oʻquv jarayoni guruhning oʻqish jadvaliga qarab tashkil etiladi. Shu sababli, 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan faqat 5 kunlik taʼlim shaklidagi guruh oʻquvchilari dushanba dam oladi.

 

Amaldagi tartibga koʻra, texnikumlarda oʻquv jarayoni guruhning oʻqish jadvaliga qarab tashkil etiladi.

 

Yaʼni 5 kunlik taʼlim shaklidagi guruhlar uchun — dushanba dam olish kuni hisoblanadi. 6 kunlik taʼlim shaklidagi guruhlar uchun esa — dushanba odatiy dars kuni boʻladi.

 

Muhim jihati shundaki, texnikumlarda ish haftasi 6 kunlik hisoblanadi. Shu sababli rahbar xodimlar,pedagoglar va boshqa ishchi-xodimlar uchun dushanba ish kuni hisoblanadi.

 

Avvalroq, “11-may, dushanba kuni maktab va bogʻchalarda dars mashgʻulotlari boʻladimi?” sarlavhasi ostida xabar bergan edik.