Oʻrta Chirchiqdagi maktabda direktor oʻquvchini kaltaklagani aytilmoqda

Oʻrta Chirchiqdagi maktabda direktor oʻquvchini kaltaklagani aytilmoqda

Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanidagi 16-sonli maktab direktori oʻquvchini kaltaklaganiga oid tarqalgan xabarlar yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirib, xizmat tekshiruvi boshlanganini maʼlum qildi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanidagi 16-sonli umumtaʼlim maktabi direktori oʻquvchini “samosud” qilgani haqida tarqaldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Xabarlarga koʻra, direktor va profilaktika inspektorlari oʻquvchini kamerasiz hududga olib kirib kaltaklagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bunga oʻquvchining ijtimoiy tarmoqdagi izohi sabab boʻlgani aytilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, tarqalgan videoda 9-sinf oʻquvchisiga mazkur maktabdan haydalganligi haqida talon berilib, boshqa maktabga borishi aytilgani taʼkidlangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Boshqarma maʼlumotiga koʻra, holat zudlik bilan nazoratga olingan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ayni vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda yuqori turuvchi taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda xizmat tekshiruvi va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Qayd etilishicha, oʻrganish jarayonida holat ishtirokchilari, guvohlar va masʼul shaxslardan tushuntirish xatlari olinmoqda hamda videolavhadagi holatlarga huquqiy baho berish choralari koʻrilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Boshqarma “Taʼlim toʻgʻrisida”gi hamda “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunlarga muvofiq, taʼlim muassasalarida oʻquvchilarning hayoti, sogʻligʻi, shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish ustuvor vazifa ekanini eslatgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, xizmat tekshiruvi davomida qonunbuzilish holatlari aniqlansa, masʼullarga nisbatan qatʼiy choralar koʻrilishi maʼlum qilingan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, Samarqandda 10-sinf oʻquvchilari boshqa bir oʻquvchini guruh boʻlib kaltaklaganligi haqida xabar bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠