Samarqandda 10-sinf o‘quvchilari boshqa bir o‘quvchini guruh bo‘lib kaltakladi (video)

Samarqandda 10-sinf o‘quvchilari boshqa bir o‘quvchini guruh bo‘lib kaltakladi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda 10-sinf o’quvchilari guruh bo’lib boshqa bir o‘quvchini kaltakladi sarlavhasi ostida video tarqaldi. Bu bo‘yicha Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, ushbu holat Samarqanddagi 22-son umumta’lim maktabi o‘quvchilari bo‘lgan.

 

Tasvirlardan ko‘rinishicha, ular o‘quvchini o‘rab olib, o‘zini himoya qilishiga imkon bermagan holda urishni boshlagan.

 

‘‘Mazkur video tasvirdagi shaxslar Samarqand shahridagi 22-son umumta’lim maktabi o‘quvchilari ekani aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganish yakunlariga ko‘ra qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi’’, deyiladi boshqarma xabarida.

 

 

Avvalroq, Sirdaryodagi maktabda 11-sinf bola sinfdosh qizni kaltaklagani haqida xabar bergan edik.