Qonunchilikka muvofiq, 9-may shanbaga toʻgʻri kelishi munosabati bilan, 5 kunlik ish haftasida dam olish kuni 2026-yil 11-may — dushanba kuniga koʻchiriladi. Shunga koʻra, umumtaʼlim maktablarida dars soatlari oʻtkaziladi, davlat maktabgacha taʼlim muassasalarida esa dam olish kuni boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi “2026-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga koʻra, 9-may — Xotira va qadrlash kuni bayrami besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun shanba — dam olish kuniga toʻgʻri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni mos ravishda 2026-yil 11-may — dushanba kuniga koʻchirilishi belgilangan.
Shunga asosan, 2026-yil 11-may kuni — umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari uchun (11-may kuni belgilangan) dars soatlari tashkil etiladi (boshlangʻich sinf oʻquvchilari bundan mustasno). Bu haqda MMTV xabar berdi.
Shuningdek, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 2026-yil 11-may — dam olish kuni hisoblanadi.
Maʼlumot uchun nodavlat taʼlim muassasalarida dam olish kunlarini belgilash mazkur taʼlim muassasalarining oʻz ichki tartib-qoidalariga koʻra amalga oshiriladi.
