Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanidagi ‘‘Sa’diyaxon academy’’ xususiy maktab o‘quvchisi Ro‘zmatov Fayozxon Rustamjon o‘g‘li 3 ta fandan milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritdi.
U tarix fanidan A darajali, o‘zbek tili va adabiyoti fanidan B darajali hamda matematika C darajali sertifikatlarga ega bo‘ldi. Bu natijalar ortida esa aniq maqsad, qat’iy tartib-intizom va uzluksiz mehnat yotadi.
Fayozxonning aytishicha, u dastlab ‘‘Sa’diyaxon academy’’ haqida do‘stlaridan eshitgan va shu orqali bu yerda o‘qish istagi paydo bo‘lgan.
“Do‘stlarimdan maktab haqida eshitgach, shu yerda o‘qib, sertifikat olishni maqsad qildim. Tayyorgarlik jarayonida o‘qituvchilarimizning fidokorligi va maktabdagi tartib-intizom menga katta yordam berdi”, — deydi u.
U ayrim fanlardan juda qisqa vaqt ichida tayyorlanib yuqori natijaga erishgan. Xususan, tarix fanidan avval chuqur tayyorgarligi bo‘lmaganiga qaramay, atigi 2 oy ichida A darajani qo‘lga kiritgan. Ona tili va matematika fanlariga esa 1,5 oy vaqt ajratgan.
Shuningdek, u ingliz tili fanidan ham imtihon topshirganini aytadi. Hozirda imtihon natijalari chiqishini kutmoqda.
Fayozxon milliy sertifikat imtihoniga tayyorgarlik jarayonida asosan maktab o‘qituvchilari tayyorlagan qo‘llanmalar, testlar va darsliklardan foydalangan. Uning fikricha, muvaffaqiyatga erishishda eng katta omillardan biri muntazam test sinovlari orqali yaratilgan imtihon muhiti bo‘lgan.
“Bizni doimiy testlar orqali tayyorlashardi. Shu sababli haqiqiy imtihonda hayajon sezmadim, savollar ham oson tuyuldi”, — deydi u.
U o‘z kun tartibini ham qat’iy reja asosida tashkil etgan. Ertalab soat 6:00 da uyg‘onib, badantarbiya qiladi, so‘ng nonushta va 7:30 dan boshlab darslarga kirishadi. Darslar esa kechki soat 22:00 gacha davom etadi.
“Vaqtni to‘g‘ri taqsimlasangiz, hamma narsaga ulgurish mumkin”, — deya ta’kidlaydi u.
Shuningdek, maktabda o‘rnatilgan tartib-intizom ham natijaga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Masalan, telefonlardan foydalanish qat’iy nazorat ostida bo‘lib, faqat dars jarayonida ruxsat etiladi.
‘‘Bizni maktabda telefonga ruxsat yo’q. Ya’ni Ingliz tili darsida o‘qituvchi nazorati ostida ishlatamiz va darsdan so‘ng Ingliz tili ustozga telefonlarimizni topshiramiz’’ — deya ta’kidlaydi.
Albatta, bu yo‘lda qiyinchiliklar ham bo‘lgan. Dastlab ichki sinovlarda past natija ko‘rsatgan Fayozxon tushkunlikka tushganini yashirmaydi. Biroq o‘qituvchilari va maktab rahbariyati bildirgan ishonch uni ruhlantirib, oldinga harakat qilishiga turtki bergan.
“Ularning ishonchini oqlayapman deb o‘ylayman”, — deydi u.
Fayozxonning fikricha, yuqori natijaga erishish uchun bir nechta muhim jihatlarga amal qilish zarur.
‘‘Birinchi navbatda berilgan vazifalarni sidqidildan, vijdonan yondashgan holatda bajarish kerak. Ikkinchidan ichki sinovlarda yo‘l qo‘yilgan xatolar ustida mukammal ishlab kelgusida bu xatolarga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Uchinchidan o‘qituvchini darsda eslatma sifatida aytgan har bir gapini diqqat bilan tinglash kerak’’, — deydi u.
U milliy sertifikat olishni istagan tengdoshlariga ham o‘z tavsiyasini berdi:
“Sa’diyaxon academy’da o‘qishni tavsiya qilaman. Bu yerda o‘qigan o‘quvchi adashmaydi. Hatto 8–9-sinf o‘quvchilari ham sertifikat olib kelmoqda.”
Bugungi kunda Fayozxon Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining yurisprudensiya yo‘nalishiga hujjat topshirishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot uchun: Sa’diyaxon academy xususiy maktabi 2022-yilda tashkil topgan bo‘lib, unda 200 ga yaqin o‘quvchi tahsil oladi. Maktabda umumiy hisobda 15 nafar o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatadi.
Maktab ma’muriyati bergan ma’lumotlarga ko‘ra, har oʻquv yilida 95 % dan ziyod bitiruvchilar oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilinadi. Bu natija bilan maktab nafaqat Dang‘arada balki butun Farg‘onada ham boshqalardan ajralib turadi.
‘‘Saʼdiyaxon academy’’ xususiy maktabi Fargʻona viloyati Dangʻara tumani Chinobod qishlogʻida joylashgan.
Aloqa uchun quyidagi raqamga bog‘lanishingiz mumkin: +998973370093
Telegram kanal: Saʼdiyaxon academy
