2022-yil sentabrdan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan xotin-qizlarning o‘qish xarajatlarini davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish tartibi joriy etilgan edi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2022-yilda 12 300 nafar magistrant xotin-qizning 68,3 mlrd so‘mlik to‘lov-kontrakti qoplangan. Mablag‘larning asosiy qismi magistratura 2-kurs talabalariga yo‘naltirilgan.
2023-yilda 20 260 nafar magistrantning 122,6 mlrd so‘mlik o‘qish xarajatlari moliyalashtirilgan. Shundan 14 269 nafari 1-kurs bo‘lib, ularga 85,1 mlrd so‘m, 5 991 nafar 2-kurs talabalariga esa 37,5 mlrd so‘m ajratilgan.
Iqtisodiyot va moliya vazirliginging ma’lum qilishicha, 2024-yilda qo‘llab-quvvatlash doirasi kengayib, 14 744 nafar magistrantning 95,4 mlrd so‘mlik to‘lov-kontrakti qoplangan. Jumladan, 6 238 nafar 1-kurs talabalari uchun 42,8 mlrd so‘m, 8 506 nafar 2-kurs talabalari uchun 52,6 mlrd so‘m to‘langan.
2025-yilda esa budjet hisobidan 17 818 nafar magistrant xotin-qizning 122,9 mlrd so‘mlik o‘qish xarajatlari to‘langan. Ulardan 6 654 nafari 1-kurs bo‘lib, 47,5 mlrd so‘m, 11 164 nafar 2-kurs talabalari uchun esa 75,4 mlrd so‘m ajratilgan.
