Xorazm viloyat MMTB boshligʻiga nisbatan jarima qoʻllanilganligi yuzasidan raddiya bildirildi

Xorazm viloyat MMTB boshligʻiga nisbatan jarima qoʻllanilganligi yuzasidan raddiya bildirildi

16-yanvar kuni Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan Fargʻona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻiga maktab direktorini lavozimidan olish, shuningdek yangi direktorni ishga tayinlash jarayonlarida mehnat qonunchiligi talablarini buzganligi uchun maʼmuriy javobgarlik chorasi qoʻllanilgani, shuningdek, mehnat qonunchiligini buzgan Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻiga nisbatan ham maʼmuriy jarima qoʻllanilgani haqida xabar berilgan edi.

 

Bugun, 17-yanvar kuni Xorazm viloyat MMTB tomonidan ushbu xabar yuzasidan raddiya bildirildi.

 

“Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻiga nisbatan hech qanday maʼmuriy javobgarlik choralari qoʻllanilmagan. Ushbu mazmunda tarqalgan xabarlar asossiz boʻlib, haqiqatga mos kelmaydi.

 

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi oʻz faoliyatini amaldagi qonunchilik talablariga qatʼiy rioya etgan holda amalga oshirib kelmoqda”.