Ijtimoiy tarmoqlarda yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali bahorgi semestr oldidan oʻqishni koʻchirish xizmatidan foydalanish boʻyicha muammolar yuzaga kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Vazirlar Mahkamasining 578-son qarori (13.09.2025-y.) bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, bahorgi semestr uchun OTM talabalari oʻqishini koʻchirish (qayta tiklash) boʻyicha arizalarni qabul qilish 10-yanvardan 20-yanvargacha (20-yanvar kuni ham) davom etishi belgilangan.
Unga koʻra, Oliy taʼlim tashkilotlariga talabalar oʻqishini koʻchirish (koʻchirib tiklash) boʻyicha arizalarni roʻyxatdan oʻtkazish Vazirlikning rasmiy veb-sayti yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan biri (keyingi oʻrinlarda — elektron platforma) orqali amalga oshiriladi.
Ammo yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida bu xizmat oynasi yoʻq.
Talimxabarlari.uz internet nashri vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bilan bogʻlandi. Operatorlarning bergan xabariga koʻra, bu xizmat turi my.gov.uz portaliga hali qoʻshilmagan.
Hozir arizalarni faqat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining transfer.edu.uz sayti orqali onlayn topshirishingiz mumkin.
Vazirlik maʼlumot bergan xabarda ikkalasi ham koʻrsatilgandi biroq my.gov.uz orqali qabul qilinmayapti. Qarorda u yoki bu orqali qabul qilinishi mumkin deb yozilgan.
