Toshkent viloyatidagi Buxoro maktabi oʻqituvchisi va oʻquvchisi 771 million soʻm bilan mukofotlandi

Toshkent viloyatidagi Buxoro maktabi oʻqituvchisi va oʻquvchisi 771 million soʻm bilan mukofotlandi

Toshkent viloyatidagi Olmaliq shahrida joylashgan ‘‘Buxoro maktabi’’ning oʻquvchisi Temurov Ibrohim va ushbu maktabning kimyo fani oʻqituvchisi Muso Xoshimjonov jami 771 million soʻmni qo‘lga kiritishdi.

 

Toshkent viloyati Buxoro maktabi oʻquvchisi Temurov Ibrohim 2025-yil o‘tkazilgan Aburayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasida oltin medal va 627 888 000 soʻm bilan taqdirlandi.

 

Buxoro maktabi oʻquvchisi Temurov Ibrohimning yutuqlari:

 

– 2025-yil respublika olimpiadasida 3-o’rin;

– 59-xalqaro Mendeleyev Olimpiadasida oltin medal;

– 57-xalqaro kimyo olimpiadasida kumush medal.

 

Shuningdek, ushbu maktabning kimyo fani oʻqituvchisi Muso Xoshimjonov 144 200 000 million soʻm bilan mukofotlandi.

 

Avvalroq, Toshkent viloyati Olmaliq shahrida joylashgan ‘‘Buxoro maktabi’’ o‘quv markazining 230 nafardan ortiq o‘quvchisi noyabr oyining o‘zida o‘zbek tili va adabiyoti fanidan milliy sertifikatni qo‘lga kiritishgani haqida xabar bergan edik.

 

Toshkent viloyatidagi Buxoro maktabi oʻqituvchisi va oʻquvchisi 771 million soʻm bilan mukofotlandi