Oliy harbiy taʼlim muassasalariga qachon hujjat topshirish mumkin?

Oliy harbiy taʼlim muassasalariga qachon hujjat topshirish mumkin?

Quyida respublikadagi harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun ariza topshirish muddatlari keltirilgan:

 

— Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi: 10-oktyabr — 10-noyabr;

 

— Ichki ishlar vazirligi akademiyasi: 15-noyabr — 15-fevral;

 

— Bojxona instituti: 1-yanvar — 1-aprel;

 

— Huquqni muhofaza qilish akademiyasi: 1-fevral — 1-mart;

 

— Jamoat xavfsizligi universiteti: 1-fevral — 20-mart.

 

1-fevraldan 31-martgacha hujjat oladigan muassasalar:

 

— Qurolli Kuchlar akademiyasi;

 

— Harbiy tibbiyot akademiyasi;

 

— Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurti;

 

— Harbiy aviatsiya instituti;

 

— Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti.

 

MUHIM: Harbiy oliygohlarga kirish faqat testdan iborat emas! Nomzodlar psixologik suhbat, qatʼiy tibbiy koʻrik va jismoniy tayyorgarlik sinovlaridan oʻtishlari lozim.