Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Muloqotda O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Bugun Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Muloqot davomida xalqaro munosabatlar tizimida yuz berayotgan murakkab jarayonlar, shuningdek, O‘zbekiston va BMT institutlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

‘‘Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman’’, — deya yozadi Saida Mirziyoyeva telegram kanalida.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Bugungi kunda BMT institutlari ishtirokida O‘zbekistonda umumiy qiymati 293 million dollarlik 166 ta qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Ushbu loyihalar sog‘liqni saqlash, sifatli ta’lim, kambag‘allikni qisqartirish va ekologik barqarorlikni ta’minlash kabi yo‘nalishlarni qamrab olgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Uchrashuv O‘zbekistonning BMT doirasida global muammolarga amaliy yechimlar topish va dolzarb chaqiriqlarga yangi g‘oyalar asosida javob berishga intilishini namoyon etdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, Saida Mirziyoyeva xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyati bilan tanishgan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Bunda Saida Mirziyoyeva zamonaviy ta’lim berish bilan birga, o‘quvchilarda vatan tuyg‘usi, milliy o‘zlik va madaniyat bilan mustahkam aloqani shakllantirish muhimligini ta’kidlagan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠