Samarqandda yana bir o‘quvchi muddatidan oldin talaba bo‘lish imkonini qo‘lga kiritdi

Samarqandda yana bir o‘quvchi muddatidan oldin talaba bo‘lish imkonini qo‘lga kiritdi

Samarqand viloyati Pastdargʻom tumani 48-maktabning 11-sinf oʻquvchisi Xurramboyeva E’zoza Rustam qizi 5ta fandan milliy sertifikatni qoʻlga kiritdi.

 

Natijalar:

 

Biologiya – 65.25 ball (A)

 

O‘zbek tili va adabiyoti – 60.69 ball (B+)

 

Kimyo – 55.31 ball (B)

 

Tarix – 48.57 ball (C)

 

Ingliz tili – CEFR B2

 

Avvalroq, navoiylik o‘quvchi muddatidan avval 189 ballni naqd qilgani haqida xabar bergan edik.

 

Ma’lumot uchun, test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

 

70 balldan yuqori ball — A+ daraja;

65 – 69,9 ball — A daraja;

60 – 64,9 ball — B+ daraja;

55 – 59,9 ball — B daraja;

50 – 54,9 ball — C+ daraja;

46 – 49,9 ball — C daraja.

 

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

 

  • A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
  • B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
  • A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

 

Akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikati mavjud o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.