Andijonlik 11-sinf o‘quvchisi xalqaro SAT imtihonidan maksimal ball oldi

Andijonlik 11-sinf o‘quvchisi xalqaro SAT imtihonidan maksimal ball oldi

Andijon shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Muxtorjon Mo’ydinov xalqaro SAT imtihonidan maksimal — 1600 ball natija qayd etdi.

 

Shuningdek, u xalqaro miqyosda tan olingan ingliz tili bilim darajasini baholovchi IELTS imtihonida 8 ball natijani qayd etgan.

 

Ma’lumot uchun: SAT (Scholastic Assessment Test) imtihoni 400-1600 ball oralig‘ida baholanib, dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalariga kirishda muhim mezon hisoblanadi.

 

Avvalroq, Navoiy shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf o‘quvchisi Yandillayev Ibrohim Bahodirovich xalqaro SAT imtihonida ishtirok etib, 1590 ball to‘plaganligi haqida xabar bergan edik.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish