Fan olimpiadalari markazi tomonidan o‘tkazilgan nufuzli xalqaro fan olimpiadalariga saralashning birinchi bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi.
Mazkur bosqich doirasida ishtirokchilarning ishları markazlashgan holda Toshkent shahrida malakali ekspertlar tomonidan xolis va shaffof tarzda tekshirildi.
Natijada dastlabki baholash natijalari shakllantirilib, belgilangan tartibda e’lon qilindi.
Dastlabki natijalar e’lon qilingach, ishtirokchilardan kelib tushgan apellyatsiya murojaatlari amaldagi baholash mezoni asosida ko‘rib chiqildi.
Barcha arizalar atroflicha tahlil qilinib, yakuniy natijalar rasmiy tarzda tasdiqlandi.
Natijalar bilan quyida tanishing:
FIZIKA — SARALASH I — YAKUNIY;
BIOLOGIYA — SARALASH I — YAKUNIY;
INFORMATIKA — SARALASH I — YAKUNIY.
Dastlabki bosqichda eng yaxshi natija ko‘rsatgan ishtirokchilar saralashning keyingi bosqichi hamda intensiv o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.
Avvalroq, xalqaro olimpiada saralashining birinchi bosqichi topshiriqlari, ularning yechimi hamda baholash mezonlari e’lon qilingani haqida xabar bergan edik.
