Ertaga, 25-iyun yangi o‘quv yili uchun davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul jarayonlari yakunlanadi. 24-iyun kuni soat 08:03 holatiga muvofiq ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar 616 415 nafarni tashkil etgan.
Bilimni baholash agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 24-iyun kuni soat 08:03 holatiga davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun jami 616 415 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tgan.
Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 11 343 nafarga (+1,9%) ko‘p. Taqqoslash uchun, 2025-yilda bu davrda ro‘yxatdan o‘tganlar soni 605 072 nafarni tashkil etgan.
Ro‘yxatdan o‘tganlarning 402 835 nafari (65,4%) joriy yil bitiruvchilari, 213 580 nafari (34,6%) esa avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tamomlagan abituriyentlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Shulardan 332 677 nafari (54,0%) ayol, 283 738 nafari (46,0%) erkak abituriyent hujjat topshirgan.
Ta’lim tili bo‘yicha eng katta ulushni o‘zbek tili tashkil etmoqda. Xususan, 545 373 nafar (88,5%) abituriyent o‘zbek tilida ta’lim olishni tanlagan. Shuningdek, 57 804 nafar (9,4%) rus tilini, 11 937 nafar (1,9%) qoraqalpoq tilini hamda 1 301 nafar (0,2%) boshqa tillarni tanlagan.
Hududlar kesimida eng ko‘p abituriyent Toshkent shahrida qayd etilgan bo‘lib, ularning soni 104 429 nafar (16,9%)ni tashkil etmoqda. Keyingi o‘rinlarda Samarqand viloyati — 66 405 nafar (10,8%) va Farg‘ona viloyati — 61 162 nafar (10,0%) bilan qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishning birinchi bosqichi 25-iyun kuni (shu kuni ham) yakunlanadi.
Hududlar kesimida ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar
- Toshkent shahri — 104 429 nafar (16,9%)
- Samarqand viloyati — 66 405 nafar (10,8%)
- Farg‘ona viloyati — 61 162 nafar (10,0%)
- Qashqadaryo viloyati — 54 590 nafar (8,9%)
- Andijon viloyati — 53 309 nafar (8,6%)
- Namangan viloyati — 45 814 nafar (7,4%)
- Surxondaryo viloyati — 44 129 nafar (7,2%)
- Xorazm viloyati — 41 705 nafar (6,8%)
- Jizzax viloyati — 32 301 nafar (5,2%)
- Buxoro viloyati — 29 570 nafar (4,8%)
- Navoiy viloyati — 29 354 nafar (4,8%)
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 28 794 nafar (4,7%)
- Sirdaryo viloyati — 19 693 nafar (3,2%)
- Nurafshon shahri (Toshkent vil.) — 5 160 nafar (0,8%)
