Oʻzbekistonda stipendiya, ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdori 7 foizga oshiriladi

Oʻzbekistonda stipendiya, ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdori 7 foizga oshiriladi

“Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–115-son, 23.06.2026-y.) qabul qilindi.

 

Farmonga koʻra, 2026-yil 1-iyuldan pensiyalar va nafaqalar hamda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam toʻlovlari miqdorlari 7 foizga oshiriladi. Bunda:

 

 

–  yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 983 000 soʻm;

 

–  nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 1 083 000 soʻm etib belgilandi.

 

 

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqasining har oylik miqdori:

 

–  3 yoshgacha boʻlgan 1 ta kichik farzandi uchun – 386 000 soʻm, 3 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan 1 ta farzandi uchun – 295 000 soʻm;

–   oilaning 2-farzandi uchun qoʻshimcha – 177 000 soʻm;

–   oilaning 3- va undan keyingi har bir farzandi uchun qoʻshimcha – 118 000 soʻm;

–   Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori – 450 000 soʻm etib belgilandi.

 

 

2026-yil 1-sentyabrdan byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 7 foizga oshiriladi. 2026-yil 1-iyuldan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 504 000 soʻm etib belgilandi.

 

 

2026-yil 1-sentyabrdan boshlab mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori oyiga 1 360 000 soʻm, bazaviy hisoblash miqdori esa 440 000 soʻm etib belgilandi.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish