Pedagoglarga attestatsiya muddati yaqinlashgani haqida oldindan xabarnoma yuboriladi

Pedagoglarga attestatsiya muddati yaqinlashgani haqida oldindan xabarnoma yuboriladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lum qilishicha, pedagog kadrlarga navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tish muddati yaqinlashgani haqida oldindan xabarnoma yuborish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Dastlab 2027-yilning birinchi yarmida malaka toifasi sertifikati muddati tugaydigan pedagoglarning shaxsiy kabinetlariga tegishli xabarnomalar yuborilgan.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 16-sentyabrdagi tegishli qarori asosida maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlarining pedagog kadrlariga navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻtishiga olti oy qolganda ularga attestatsiyadan oʻtish muddati yaqinlashganligi toʻgʻrisida xabarnoma yuborish yo’lga qo’yilgan.

 

Shunga muvofiq:

 

— 2027-yilning birinchi yarmida malaka toifa sertifikatining muddati tugaydigan pedagog kadrlarning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinetlariga navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻtish uchun murojaat qilishlari lozimligi toʻgʻrisidagi xabarnomalar yuborilgan.

 

Mazkur xabarnomalarni olgan pedagoglar 2027-yil 1-yanvardan 1-martga qadar attestatsiyada qatnashishlari uchun oʻrnatilgan tartibda roʻyxatdan oʻtib murojaat yuborishlari lozim.

 

Maʼlumot uchun: mazkur turdagi xabarnomalar har yili ikki marta — iyun va yanvar oylarining oxirgi oʻn kunligida pedagog kadrlarning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinetlariga yuboriladi.