Bogʻchaga boradigan 3 yoshga toʻlmagan bolalar uchun moddiy yordam berish tartibi qanday?

Bogʻchaga boradigan 3 yoshga toʻlmagan bolalar uchun moddiy yordam berish tartibi qanday?

Bogʻchaga borayotgan bolalar uchun ular 3 yoshga toʻlgunga qadar har oy 618 000 soʻm miqdorida moddiy yordam beriladi.

 

Hukumatning 2025-yil 31-iyuldagi qaroriga koʻra, davlat tomonidan kambagʻal oilalarga maxsus moddiy yordam puli toʻlab beriladi.

 

Unga koʻra, oila Kambagʻallar reyestrida boʻlishi shart. Shuningdek:

 

– bolaning ota yoki onasi yagona boʻlishi (masalan, farzand faqat onasi bilan yashaydi);

 

– bu yagona ota/ona rasman ishga joylashgan boʻlishi kerak (daftariga ish joyi tushgan boʻlishi shart);

 

– farzand maktabgacha taʼlim muassasasiga (bogʻchaga) qatnayotgan boʻlishi kerak;

 

– farzand 3 yoshga toʻlmagan boʻlishi kerak(agar egizak boʻlsa ikkalasiga ham beriladi).

 

Agar shu talablar toʻliq bajarilgan boʻlsa, davlat tomonidan har oy 618 000 moddiy yordam toʻlab beriladi.

 

Moddiy yordam olish tartibi:

 

my.gov.uz portali orqali elektron ariza berish;

 

– yoki “Inson” markaziga shaxsan borib ariza topshirish mumkin.