Magistratura uchun rad etilgan arizalarni tahrirlash imkoniyati 2 soatdan keyin yakunlanadi

Magistratura uchun rad etilgan arizalarni tahrirlash imkoniyati 2 soatdan keyin yakunlanadi

Magistraturaga hujjat topshirgan, lekin arizada turli kamchiliklar topilgani sabablari rad etilgan arizalarni tahrirlash imkoniyati berildi. Jarayon bugun yakunlanadi

 

2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlari magistraturasiga my.edu.uz orqali ariza yuborgan va arizasi turli kamchiliklar sababli rad etilgan talabgorlarga bugun, 26-avgust kuni soat 14:00 ga qadar arizasini qayta tahrirlash imkoniyati berilgan.

Aniqlangan kamchiliklar shu muddatgacha bartaraf etilishi lozim. Soat 14:00 dan so‘ng arizalarni tahrirlashga imkoniyat berilmaydi.

 

Muhim! talab darajasidagi xorijiy til sertifikati mavjud emasligi yoki sertifikat talabga javob bermaganligi sababli rad etilgan arizalarni qayta tahrirlash tavsiya etilmaydi. Bunday arizalar qayta topshirilgan taqdirda ham ko‘rib chiqilmaydi.

Qanday sabablar bilan arizalar rad etilgan?

 

Koʻrib chiqish natijasida ayrim arizalar turli sabablar bilan rad etilgan. Jumladan:

– tanlangan mutaxassislik bitiruvchining taʼlim yoʻnalishi boʻyicha mos yoki turdosh emasligi,

– xorijiy tilni bilish boʻyicha sertifikat, SAT sertifikati tasdiqlanmagan yoki belgilangan darajada boʻlmagan,

– soʻralgan hujjat oʻrniga boshqa hujjat yuklangan yoki toʻliq yuklanmagan,

– xorijiy tildagi ta’lim dasturini yakunlaganligi tasdiqlanmagan,

– hujjatlar sifatsizligi hamda boshqa sabablarga koʻra rad etilgan.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish