O‘quvchini sinfdan sinfga ko‘chirish tartibi qanday?

O‘quvchini sinfdan sinfga ko‘chirish tartibi qanday?

Ota-onalar oʻz farzandlarini oʻz xohishiga koʻra oʻquv yili davomida yoki u tugaganidan soʻng bir sinfdan boshqa sinfga oʻtkazish huquqiga ega.

 

Bunda ota-onalar farzandini sinfdan sinfga oʻtkazish sabablarini koʻrsatib maktab direktori nomiga ariza beradi.

 

Direktor arizani olgan kundan bir ish kunida koʻrib chiqadi va oʻquvchini sinfdan sinfga oʻtkazish toʻgʻrisida buyruq chiqaradi.

 

Sinfdagi oʻquvchilar soni meʼyordan (35 nafar) ortiq boʻlganda, direktor oʻquvchini sinfdan sinfga oʻtkazishni rad qilishi mumkin.

 

Rad etish haqida direktor 3 kunda ota-onalarga yozma ravishda maʼlum qilishi kerak.

 

Direktorning oʻquvchini sinfdan sinfga oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻi qabul qilingach, 3 kunda sinf jurnali va oʻquvchilar harakati daftariga tegishli yozuv kiritiladi.

 

Avvalroq, o‘quvchi daftar tutmagani uchun kim (o‘qituvchi yoki ota-ona)  javobgarlikka tortilishi haqida xabar bergan edik.