Oʻgʻirlikda ayblangan xususiy maktab direktori oqlandi

Oʻgʻirlikda ayblangan xususiy maktab direktori oqlandi

Oʻgʻirlikda asossiz ayblangan xususiy maktab direktori oqlandi.

 

Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati apellyatsiya instansiyasi hukmi bilan quyi sudning qarori bekor qilinib, 1985-yilda tugʻilgan xususiy maktab rahbariga nisbatan harakatlarida jinoyat tarkibi boʻlmaganligi sababli unga nisbatan qoʻyilgan ayblovlar bekor qilingan.

 

Maktab direktori Jinoyat kodeksining  169-moddasi 2-qismining “b, d” bandlari bilan aybsiz deb topilib, Jinoyat-protsessual kodeksning 83-moddasi 2-qismiga asosan reabilitatsiya qilinib oqlandi.

 

Avvalroq, Jizzaxda oʻqituvchi giyohvand modda sotgan vaqtida protsessual tartibda ushlangani haqida xabar bergan edik.