Oʻquvchi daftar tutmagani uchun oʻqituvchini emas, ota-onani javobgarlikka tortiladi.
Birinchidan, Taʼlim toʻgʻrisidagi qonun 51-moddasida voyaga yetmagan taʼlim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillarining bir qator majburiyatlari qayd etilgan boʻlib, unga koʻra yuqoridagi shaxslar:
– oʻz bolalarini insonparvarlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, maʼnaviy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashi;
– oʻz bolalarining intellektual, maʼnaviy va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratishi;
– taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilishi shart.
Aynan mana shu majburiyatlar oʻquvchining qonuniy vakillarining oʻquvchining huquqqa xilof harakatlari uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olishini anglatadi.
Ikkinchidan, Xalq taʼlimi vazirligining 2021-yil 1-iyuldagi 206-sonli buyrugʻiga asosan tasdiqlangan oʻqituvchilarning lavozim majburiyatlarida oʻqituvchining oʻquvchilarga daftar tuttirish majburiyati qayd etilmagan.
Bunday holatda ota-onaga Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks 47-moddasi ikkinchi qismi bilan javobgarlik chorasi qoʻllaniladi.
Yana xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Avvalroq, oʻqituvchini obroʻsizlantirib, qoʻpol soʻzlar bilan haqoratlagan ota-onaga qanday chora koʻrilishi haqida xabar bergan edik.
