Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-apreldagi 4-q/q-son va Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2024-yil 2-apreldagi 3-mh-son qarori (roʻyxat raqami 3515)ga ilovada xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati tasdiqlangan.
Ushbu roʻyxatning 3-bobida umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatida keltirilgan milliy yoki xalqaro sertifikatlar uchun ustama toʻlanadi.
Bunda umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilarga (shu jumladan, soatbay, oʻrindosh, stajyor oʻqituvchi, direktor va direktor oʻrinbosarlari) oʻzi dars beradigan fani boʻyicha sertifikatga ega pedagog xodimlarga har oylik qoʻshimcha ustama toʻlash nazarda tutilgan.
Yuqoridagi qoidaga koʻra ustama asosiy maktabda ham, oʻrindoshlikdagi maktabda ham toʻlanadi.
Avvalroq, rus tili fanidan C1 sertifikat ega o‘qituvchiga ustama to‘lanishi haqida xabar bergan edik.
