Muhokamalar portalida “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tashkilotlarini kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishda baholash mezonlari bo‘yicha indikatorlarni tasdiqlash haqida”gi Hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, indikatorlar “muvofiq” yoki “muvofiq emas” deb baholanadi.
Mezonning indikatorlar bo‘yicha baholanishi quyidagi tartibda aniqlanadi:
70 foiz va undan ortiq indikatorlar “muvofiq” deb baholansa – mezon “muvofiq”;
50 foizdan 69 foizgacha indikatorlar “muvofiq” deb baholansa – mezon “qisman muvofiq”;
49 foiz va undan kam indikatorlar “muvofiq” deb baholansa – mezon “muvofiq emas” deb baholanadi.
Mezonlar tarkibidagi majburiy indikatorlardan biri “muvofiq emas” deb topilsa, umumiy natijadan qatʼi nazar, ushbu mezon “muvofiq emas” deb baholanadi.
Shuningdek, Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tashkilotlarining doktorantura ta’lim dasturlarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishda baholash mezonlari bo‘yicha indikatorlar quyidagicha ilova qilingan:
| T/r | Mezon | Indikator |
| I. Tashkiliy-boshqaruv va sifatni taʼminlash yoʻnalishi
Doktorantura taʼlim dasturini samarali amalga oshirish, moliyaviy barqarorlikni taʼminlash hamda taʼlim sifatini ichki taʼminlash orqali mehnat bozori ehtiyojlariga mos ravishda doktorantura taʼlim dasturini muntazam takomillashtirishga qaratilgan faoliyat baholanadi. |
||
| 1. | Taʼlim dasturini amalga oshirish boʻyicha tarkibiy tuzilma va uning samarali ishlash mexanizmlarining mavjudligi.
Doktorantura taʼlim dasturini amalga oshirish boʻyicha tegishli tarkibiy boʻlinmalar faoliyatining tashkil etilganligi, ularning vazifa va funksiyalari aniq belgilanganligi, faoliyat samaradorligini taʼminlovchi ichki boshqaruv mexanizmlarining yoʻlga qoʻyilganligi oʻrganiladi. |
Doktorantura taʼlim dasturini amalga oshirish boʻyicha tarkibiy boʻlinmalar mavjud hamda ularning vazifa va funksiyalari aniq belgilangan* |
| Tarkibiy boʻlinmalarning faoliyati taʼlim tashkiloti va doktorantura taʼlim dasturi doirasida belgilangan maqsad va natijalarga muvofiq yoʻlga qoʻyilgan | ||
| Tarkibiy boʻlinmalar oʻz faoliyatini samarali amalga oshirishi uchun yetarli miqdorda moddiy-texnika, moliyaviy va inson resurslari bilan taʼminlangan | ||
| Tarkibiy boʻlinmalar belgilangan vazifa va reja asosida uzluksiz faoliyat yuritadi | ||
| Boʻlinmalar faoliyati muntazam monitoring va ichki baholash orqali tahlil qilinadi** | ||
| Faoliyat samaradorligini baholash natijalari asosida faoliyatni takomillashtirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar amalga oshiriladi** | ||
| 2. | Taʼlim dasturini rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini taʼminlash boʻyicha 3-yillik istiqbolli rejaning mavjudligi.
Doktorantura taʼlim dasturini rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan, ta’lim sifati, kadrlar salohiyati, infratuzilma, raqamlashtirish, xalqaro hamkorlik va moliyaviy taʼminot yo‘nalishlarini qamrab olgan, maqsad va baholash mezonlari belgilangan, moliyaviy manbalar ko‘rsatilgan va ijrosi ichki monitoring orqali nazorat qilinadigan faoliyat oʻrganiladi |
Doktorantura taʼlim dasturi boʻyicha 3-yillik istiqbolli rivojlantirish rejasi taʼlim tashkilotining missiyasi va strategik maqsadlariga muvofiq ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan |
| Rejada taʼlim sifati, kadrlar salohiyati, infratuzilma, raqamlashtirish, xalqaro hamkorlik va moliyaviy barqarorlik yoʻnalishlari qamrab olingan | ||
| Rejani amalga oshirish uchun ta’lim tashkiloti yetarli miqdorda resurslar bilan taʼminlangan | ||
| Rejada moliyaviy barqarorlikni taʼminlashga qaratilgan risk tahlili va muqobil chora-tadbirlar nazarda tutilgan | ||
| Rejani amalga oshirish uchun masʼul shaxslar va ijro muddatlari aniq belgilangan | ||
| Rejaning bajarilishi boʻyicha ichki monitoring va tahlil tizimi yoʻlga qoʻyilgan hamda tegishli oʻzgartirishlar kiritilgan** | ||
| 3. | Taʼlim dasturi doirasida sifatni ichki taʼminlash mexanizmining mavjudligi hamda bu jarayonlarda manfaatdor tomonlarning ishtiroki.
Doktorantura ta’lim dasturida sifatni ta’minlash tizimining mavjudligi va samarali ishlashi, dastur monitoringi va baholash tartib-qoidalarining yo‘lga qo‘yilganligi hamda manfaatdor tomonlar fikr-mulohazalari asosida doktorantura dasturi takomillashtirilishi o‘rganiladi. |
Ichki sifatni taʼminlash tartibi, reglamenti va standartlari ishlab chiqilgan va tasdiqlangan |
| Taʼlim sifati va dastur natijalarini baholash hamda monitoring qilish boʻyicha ichki tartib-qoidalar mavjud | ||
| Doktorantura taʼlim dasturini amalga oshirish boʻyicha yaratilgan shart-sharoitlar va jarayonlar sifatini baholash maqsadida manfaatdor tomonlar (ilmiy izlanuvchilar, ilmiy rahbarlar, bitiruvchilar)ning fikr-mulohazalari muntazam oʻrganilgan** | ||
| Manfaatdor tomonlar fikri asosida doktorantura taʼlim dasturini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan** | ||
| Sifatni taʼminlash tizimi doirasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar samaradorligi muntazam ravishda baholab boriladi** | ||
| 4. | Mehnat bozori va taʼlim ehtiyojlari hamda ilmiy-tadqiqotning soʻnggi tendensiyalarini aniqlash boʻyicha monitoring tizimining mavjudligi.
Mehnat bozori, ta’lim ehtiyojlari va ilmiy-tadqiqot sohasidagi so‘nggi tendensiyalarni muntazam kuzatish, ma’lumotlarni tahlil qilish, natijalarini tadqiqotchilarga yetkazish hamda doktorantura ta’lim dasturini rejalashtirish va takomillashtirish jarayoni o‘rganiladi. |
Mehnat bozori va taʼlim ehtiyojlari hamda ilmiy-tadqiqotning soʻnggi tendensiyalariga oid maʼlumotlarni muntazam ravishda toʻplash va tahlil qilish tartibi mavjud hamda ushbu vazifa uchun masʼul boʻlim/shaxs belgilangan |
| Yigʻilgan maʼlumotlar doktorantura taʼlim dasturini rejalashtirish va ishlab chiqishda foydalanilgan** | ||
| Ilmiy-tadqiqot va mehnat bozoridagi soʻnggi tendensiyalar tahlil qilinib, doktorantura taʼlim dasturi mazmuniga integratsiya qilingan** | ||
| Mehnat bozori va taʼlim ehtiyojlari boʻyicha maʼlumotlar manfaatdor tomonlar foydalanishi uchun ochiq eʼlon qilinadi** | ||
| Monitoring natijalari asosida doktorantura taʼlim dasturiga tegishli oʻzgartirish va yangilanishlar kiritilgan** | ||
| 5. | Taʼlim dasturining samaradorligini monitoring qilish va takomillashtirish mexanizmlarining joriy etilgani.
Doktorantura ta’lim dasturi samaradorligi bo‘yicha so‘rovnomalar o‘tkazish, natijalarni tahlil qilish, dasturga tegishli o‘zgartirishlar kiritish va tadqiqotchilarni amalga oshirilgan chora-tadbirlar bilan xabardor qilish mexanizmi o‘rganiladi. |
Tadqiqotchilar va sohaning yetakchi mutaxassislari oʻrtasida doktorantura taʼlim dasturlari boʻyicha soʻrovnomalar oʻtkazish tartibi belgilangan* |
| Soʻrovnomalar doktorantura taʼlim dasturining tashkiliy-boshqaruv, axborot, muloqot va tadqiqot sifati bilan bogʻliq savollarni qamrab olgan | ||
| Soʻrovnoma natijalari tizimli ravishda tahlil qilingan** | ||
| Soʻrovnoma natijalari boʻyicha muammolarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan** | ||
| Tahlil natijalari asosida doktorantura taʼlim dasturiga tegishli oʻzgartishlar kiritilgan** | ||
| Tadqiqotchilarga soʻrovnoma natijalari va ular asosida amalga oshirilgan oʻzgartishlar haqida maʼlumot yetkazilgan (feedback loop)** | ||
| II. Taʼlim dasturlari yoʻnalishi
Doktorantura ta’lim dasturlari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi belgilangan tartibda, milliy malakalar ramkasi, kasbiy standartlar, davlat va xalqaro talablar bilan mosligi, mazmuni milliy ustuvor yo‘nalishlar va mehnat bozori ehtiyojlariga muvofiq bo‘lishini hamda samaradorligini muntazam monitoring qilinadigan faoliyat baholanadi. |
||
| 6. | Manfaatdor tomonlar ishtirokida taʼlim dasturining belgilangan tartibda ishlab chiqilgani. Bunda taʼlim dasturining maqsadi, natijalarining belgilangani, mehnat bozori, davlat taʼlim talabi va milliy malakalar ramkasi talablariga muvofiqligi.
Doktorantura taʼlim dasturining belgilangan tartibda ishlab chiqilganligi, unda manfaatdor tomonlar, ish beruvchilar va sohaviy mutaxassislar ishtirok etganligi hamda milliy malakalar ramkasi talablariga muvofiq ravishda shakllantirilganligi, shuningdek, rasmiy tartibda tasdiqlanganligi oʻrganiladi. |
Doktorantura taʼlim dasturini ishlab chiqish, tasdiqlash va qayta koʻrib chiqish boʻyicha rasmiy tartib mavjud |
| Doktorantura taʼlim dasturini ishlab chiqish jarayonida manfaatdor tomonlar, ish beruvchilar va sohaviy mutaxassislar ishtiroki taʼminlangan | ||
| Doktorantura taʼlim dasturi maqsadi, oʻquv natijalari va kutilgan oʻzgarishlar aniq belgilangan | ||
| Doktorantura taʼlim dasturi maqsad va natijalari respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlari va strategiyalariga muvofiq | ||
| Doktorantura taʼlim dasturida sohaga oid dolzarb ilmiy, nazariy va amaliy bilimlar oʻz aksini topgan | ||
| Doktorantura taʼlim dasturining maqsad va natijalari taʼlim tashkilotining missiyasi, strategik maqsadlari va akademik profiliga muvofiq ravishda ishlab chiqilgan | ||
| 7. | Taʼlim dasturini rivojlantirish boʻyicha yillik ustuvor yoʻnalishlar ishlab chiqilgani, asosiy faoliyat samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI), zarur resurslar va masʼullar bilan taʼminlangani.
Doktorantura taʼlim dasturlarini takomillashtirish va rivojlantirish boʻyicha aniq ustuvor yoʻnalishlar belgilab olinishi, ularni amalga oshirish uchun maqsadli vazifalar, samaradorlik koʻrsatkichlari tizimli tashkil etilganligi oʻrganiladi. |
Doktorantura taʼlim dasturini rivojlantirish boʻyicha yillik ustuvor yoʻnalishlar rasmiy hujjat (reja yoki dastur) sifatida ishlab chiqilgan |
| Yillik ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha aniq maqsad va vazifalar belgilab qoʻyilgan | ||
| Vazifalar uchun samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) ishlab chiqilgan | ||
| Ustuvor yoʻnalishlar doirasida vazifalarni amalga oshirish uchun zarur moliyaviy va moddiy-texnik resurslar bilan ta’minlangan | ||
| Doktorantura taʼlim dasturini rivojlantirish boʻyicha yillik faoliyat natijalari tahlil qilinib, keyingi yil uchun taklif va tavsiyalar shakllantirilgan** | ||
| Yillik ustuvor yoʻnalishlar va KPI ijrosi boʻyicha hisobotlar tashkilot kollegial organida koʻrib chiqilib, tasdiqlangan** | ||
| 8. | Qabul parametrlari taʼlim tashkilotining tadqiqot va ilmiy rahbarlik salohiyati, jamiyatdagi ilmiy va ijtimoiy ehtiyojlar, mehnat bozori tahlili asosida shakllantirilgani.
Qabul parametrlari taʼlim tashkilotining ilmiy salohiyati, jamiyatdagi ilmiy hamda ijtimoiy ehtiyojlar va mehnat bozori tahlili natijalari asosida belgilanganligi, qabul kvotalari va yoʻnalishlarini belgilashda taʼlim muassasasining kadrlar va resurslar imkoniyatlari oʻrganiladi. |
Qabul parametrlarini belgilashda mehnat bozori tahlillari va prognozlash maʼlumotlaridan foydalanilgan (oldingi faoliyat natijalari, himoya qilganlarning natijalari) |
| Qabul parametrlarini belgilashda jamiyatning ilmiy va ijtimoiy ehtiyojlari inobatga olingan | ||
| Qabul yoʻnalishlari taʼlim muassasasining moddiy-texnik bazasi va kadrlar imkoniyatlariga mos belgilangan | ||
| Qabul kvotalarini shakllantirish boʻyicha tegishli tartib va meʼyoriy hujjatlarga amal qilingan | ||
| Qabul natijalari tahlil qilinib, keyingi yil uchun qabul parametrlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqilgan** | ||
| 9. | Taʼlim dasturi ilmiy-tadqiqot rejasida belgilangan davomiylik muddatida kutilayotgan tadqiqot natijalariga erishilishini taʼminlashga qaratilgani.
Taʼlim tashkilotida doktorantura taʼlim dasturi doirasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyati belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi, tadqiqot maqsad va vazifalarining aniq belgilab olinishi, ularning bajarilishi ustidan monitoring olib borilishi, kutilayotgan ilmiy natijalarga bosqichma-bosqich erishishni taʼminlaydigan rejalashtirish, baholash va hisobot tizimi yoʻlga qoʻyilganligi oʻrganiladi. |
Ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish boʻyicha yillik tadqiqot rejasi mavjud |
| Ilmiy-tadqiqot ishlarining maqsad va vazifalari aniq belgilangan | ||
| Ilmiy-tadqiqot faoliyatining davomiylik muddati va bosqichlari rejalashtirilgan | ||
| Ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha ijro va natijalarni monitoring qilish tizimi mavjud | ||
| Ilmiy-tadqiqot natijalari ilmiy maqolalar, monografiya, tezislar yoki patentlar koʻrinishida rasmiylashtirilgan** | ||
| Tadqiqot natijalari amaliyotga joriy qilingan (dars, amaliyot yoki metodik ishlarda qoʻllanilgan)** | ||
| Ilmiy-tadqiqot faoliyati boʻyicha ilmiy rahbarlar tomonidan doimiy nazorat amalga oshirilgan** | ||
| Tadqiqot ishlari natijasi boʻyicha kafedra yoki ilmiy kengash muhokamasi oʻtkazilgan** | ||
| Ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha ixtisoslikka mos ilmiy yutuqlar (grantlar, mukofotlar, natijalar) mavjud** | ||
| 10. | Amaldagi taʼlim dasturlarining tizimli ravishda monitoringi yuritilgani hamda uning samaradorligini oshirish va takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilgani.
Doktorantura taʼlim dasturlarining samaradorligi tizimli ravishda monitoring qilinganligi, baholash mezonlari va usullari aniq belgilanganligi, monitoring natijalari asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari ishlab chiqilganligi, shuningdek, natijalar elektron axborot tizimida joylashtirilganligi oʻrganiladi. |
Doktorantura taʼlim dasturlarining samaradorligini baholash mezonlari va usullari ishlab chiqilgan |
| Doktorantura taʼlim dasturlari boʻyicha tizimli monitoring va tahlil jarayoni belgilangan davriylikda amalga oshiriladi | ||
| Monitoring natijalari asosida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan va amalga oshirilgan | ||
| Monitoring natijalari taʼlim sifati boʻyicha ichki yigʻilishlarda muhokama qilingan va tegishli qarorlar qabul qilingan | ||
| Izlanuvchilar faoliyati samaradorligi monitoringi natijalari elektron axborot tizimiga joylashtirilgan | ||
| Monitoring va tahlil natijalari asosida doktorantura taʼlim dasturlariga tegishli oʻzgartirish va yangilanishlar kiritilgan | ||
| 11. | Taʼlim dasturining mazmunida oʻqish jarayoni davomida tadqiqot faoliyatining koʻzda tutilgani va izlanuvchilarni tadqiqot faoliyatiga tayyorlashga yoʻnaltirilgani.
Taʼlim tashkilotida doktorantura taʼlim dasturlari mazmunida ilmiy izlanuvchilarning ilmiy-tadqiqot salohiyatini shakllantirish va mustaqil izlanish koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan faoliyat hamda ilmiy etika talablarini joriy etilganligi oʻrganiladi. |
Ilmiy izlanuvchilarning ilmiy-tadqiqot ishlarida ishtirokini taʼminlovchi reja va mexanizmlar ishlab chiqilgan |
| Ilmiy-tadqiqot ishlari uchun ilmiy rahbar(konsultant)lar tomonidan rahbarlik va maslahat tizimi yoʻlga qoʻyilgan | ||
| Ilmiy izlanuvchilarning ilmiy-tadqiqot ishlarini baholash va hisobot tizimi mavjud | ||
| Ilmiy izlanuvchilar ilmiy anjumanlar, konferensiyalar va seminarlarda ishtirok etishiga imkoniyat yaratilgan | ||
| Taʼlim jarayonida tadqiqot metodologiyasi va ilmiy tahlil usullari boʻyicha amaliy mashgʻulotlar oʻtkaziladi** | ||
| Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari doktorantura taʼlim dasturini takomillashtirishda inobatga olinadi** | ||
| Doktorantura taʼlim dasturida ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish boʻyicha yillik tahlil va hisobotlar tayyorlanadi** | ||
| III. Tadqiqot jarayonini tashkil etish va tadqiqot natijalarini baholash yoʻnalishi
Taʼlim tashkilotida doktorantura taʼlim dasturlarining maqsad va vazifalariga muvofiq tadqiqot jarayonini belgilangan tadqiqot natijalariga erishishga yoʻnaltirish, akademik halollik tamoyillariga amal qilishni qamrab olgan tizimli faoliyat baholanadi. |
||
| 12. | Taʼlim dasturida izlanuvchilar faoliyatini baholash tartibining mavjudligi va baholash usullari belgilangan tadqiqot natijalariga qay darajada erishilganini aniqlashga yoʻnaltirilgani.
Taʼlim tashkiloti faoliyatini baholash tartibi aniq belgilanganligi, unda baholash usullari va mezonlari tadqiqot rejasi hamda kutilayotgan ilmiy natijalarga erishish darajasini aniqlashga qaratilganligi, shuningdek, baholash jarayonlari tizimli ravishda amalga oshirilishi oʻrganiladi. |
Izlanuvchilar faoliyatini baholash tartibi rasmiy hujjatlarda (yoʻriqnoma, nizom) belgilangan |
| Ilmiy rahbar(konsultant)lar tomonidan izlanuvchilar faoliyati boʻyicha muntazam nazorat va baholash tizimi yoʻlga qoʻyilgan | ||
| Izlanuvchilarning yarim yillik yoki yil yakunidagi ilmiy faoliyat natijalari yuzasidan hisobot taqdim etish amaliyoti mavjud* | ||
| Hisobot natijalari asosida tadqiqot samaradorligini oshirish boʻyicha tavsiyalar va chora-tadbirlar ishlab chiqilgan** | ||
| Ilmiy ishlar natijalari (maqolalar, monografiya, konferensiya chiqishlari, patentlar) baholash tizimida inobatga olingan** | ||
| Baholash natijalari asosida izlanuvchilarga individual tavsiyalar berilgan ** | ||
| Baholash tizimi samaradorligi doimiy ravishda qayta koʻrib chiqilib, takomillashtirib borilgan** | ||
| 13.
|
Taʼlim dasturida akademik erkinlik va halollik qoidalarining belgilangani va unga zid holatlarning oldini olish boʻyicha samarali tizimning mavjudligi.
Akademik erkinlik va halollik tamoyillarining rasmiy ravishda belgilanganligi, ilmiy-tadqiqot faoliyati, ilmiy rahbarlik, natijalarni eʼlon qilish va manfaatlar toʻqnashuvini oldini olishga qaratilgan choralar hamda maʼlumotlarni soxtalashtirish holatlarini bartaraf etish tizimining mavjudligi oʻrganiladi. |
Ta’lim tashkilotida akademik halollik va erkinlikka oid rasmiy hujjatlar mavjud |
| Plagiatga qarshi tekshiruv tizimi (antiplagiat dasturlari) doimiy ravishda faoliyat koʻrsatadi | ||
| Akademik halollik va erkinlikni taʼminlovchi mexanizmlar (ilmiy fikrni erkin bayon etish, tadqiqot yoʻnalishini mustaqil tanlash va boshqalar) amalda ishlaydi | ||
| Akademik halollik qoidalarini buzish holatlarini koʻrib chiqish va javobgarlik choralarini belgilash boʻyicha rasmiy va shaffof tartib mavjud | ||
| Ilmiy rahbarlar va izlanuvchilar uchun axloqiy qoidalarni buzish holatlarida javobgarlik choralari qoʻllanishi tartibi mavjud | ||
| Tadqiqotchilar tomonidan yaratilgan ilmiy ishlar, innovatsion gʻoyalar yoki ixtirolar boʻyicha mualliflik huquqi va intellektual mulk egaligi aniq belgilangan* | ||
| Ilmiy-tadqiqot etikasi va akademik halollik boʻyicha profilaktika tadbirlar, seminarlar, treninglar va maʼruzalar muntazam oʻtkaziladi** | ||
| Akademik halollik va erkinlik boʻyicha masʼul shaxs yoki komissiya faoliyati tashkil etilgan** | ||
| 14. | Izlanuvchilarning baholash natijalari boʻyicha fikr-mulohazalarini olish imkoniyati mavjudligi.
Izlanuvchilarning baholash jarayonlari va natijalari boʻyicha fikr-mulohazalarini muntazam oʻrganish, ularning taklif va eʼtirozlarini tahlil qilish hamda ushbu maʼlumotlar asosida ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirish choralarini yoʻlga qoʻyilganligi, shuningdek, baholash natijalari boʻyicha apellyatsiya berish mexanizmi ochiq va shaffof tarzda amalga oshirilganligi oʻrganiladi. |
Izlanuvchilarning baholash jarayoni boʻyicha fikr-mulohazalarini yigʻish va tahlil qilish uchun aniq tartib va masʼullar belgilangan |
| Izlanuvchilarning baholash jarayoni va natijalari boʻyicha shikoyat va appelyatsiyalarini koʻrib chiqish boʻyicha uchun rasmiy tartib mavjud | ||
| Tartibda shikoyat va appelyatsiya berish usuli, muddatlari, koʻrib chiqish tarkibi va qaror qabul qilish mexanizmi aniq belgilangan | ||
| Fikr-mulohazalarni yigʻishda talabalar uchun qulay va ehtiyojlariga mos turli usullar orqali amalga oshiriladi va tizimli ravishda tahlil qilinadi** | ||
| Tahlil natijalari boʻyicha hisobot tayyorlanadi hamda baholash jarayonini takomillashtirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilanadi** | ||
| Jarayon ochiqlik, xolislik, shaffoflik va manfaatlar toʻqnashuvidan xoli boʻlish tamoyillariga asoslanib amalga oshiriladi** | ||
| Izlanuvchilarning baholash jarayoni va natijalari boʻyicha shikoyat va appelyatsiyalari taʼlim muassasasining tegishli ichki tartibiga qatʼiy rioya etilgan holda koʻrib chiqiladi va muntazam ravishda tahlil qilinadi** | ||
| Baholash yondashuvlari va jarayonlari tizimli ravishda qayta koʻrib chiqish natijalari asosida zarur hollarda baholash tizimi va yondashuviga tegishli oʻzgartishlar kiritiladi** | ||
| IV.Izlanuvchilar faoliyati yoʻnalishi
Izlanuvchilar faoliyatini baholashning rasmiy tartibi belgilanganligi, tadqiqot rejasi hamda kutilayotgan ilmiy natijalarga erishish darajasini aniqlashga qaratilganligi, shuningdek, baholash jarayonlari tizimli ravishda amalga oshirilganligi hamda ular asosida ilmiy-tadqiqot samaradorligini oshirish choralarini belgilaydigan faoliyat baholanadi. |
||
| 15. | Taʼlim dasturi boʻyicha qabul talablari aniq belgilangani, oʻqishga qabul qilish shaffof tarzda yoʻlga qoʻyilgani.
Qabul talablari ilmiy-tadqiqot yoʻnalishining maqsad va vazifalariga mos ravishda ishlab chiqilganligi, qabul jarayonlari shaffof, adolatli va xolis tarzda amalga oshirilishi oʻrganiladi. |
Qabul talablari va tartibi rasmiy hujjatlarda aniq belgilangan va barcha manfaatdor tomonlarga ochiq tarzda yetkazish mexanizmi mavjud |
| Qabul jarayoni ochiq va shaffof tizim orqali amalga oshiriladi (eʼlonlar, tanlov natijalari ochiq) | ||
| Qabul komissiyasi tarkibi va ish faoliyati boʻyicha ichki meʼyoriy hujjat mavjud | ||
| Qabul natijalari apellyatsiya va qayta koʻrib chiqish mexanizmi bilan taʼminlangan | ||
| Xorijiy tilda olib boriladigan doktorantura taʼlim dasturi qabulida nomzodlardan milliy yoki xalqaro meʼyorlarga mos xorijiy til boʻyicha bilim darajasi talab etiladi va talabgorlar dasturga qabul qilinmasdan oldin xorijiy til boʻyicha yetarli salohiyatga egaligini tasdiqlovchi hujjat yoki natijalar orqali namoyon etadi** | ||
| Doktorantura taʼlim dasturiga qabul talablari izlanuvchilarning oʻquv natijalari va boshqa tegishli ichki hamda tashqi mezonlar asosida muntazam ravishda tizimli qayta koʻrib chiqiladi va zarur hollarda yangilanadi** | ||
| 16. | Izlanuvchilarni oʻqishga qabul qilish, oʻqishdan chetlashtirish va oʻqish muddatini uzaytirish tartibining belgilangani.
Izlanuvchilarning oʻqishga qabul qilinishi, chetlashtirilishi yoki taʼlim muddati uzaytirilishi qonunchilik va ichki meʼyoriy hujjatlar asosida aniq belgilangan tartibda amalga oshirilishi, hamda ushbu jarayonlarda shaffoflik va izlanuvchilarning manfaatlarini himoya qilish tamoyillarining ishlab chiqilganligi oʻrganiladi. |
Kursdan-kursga oʻtkazish, chetlatish va qayta tiklash tartib-qoidalari normativ hujjatlarda belgilangan* |
| Jarayonlar boʻyicha apellyatsiya yoki shikoyat berish imkoniyati mavjud | ||
| Izlanuvchilar ushbu tartiblar haqida rasmiy manbalar (veb-sayt, nizom, yoʻriqnoma) orqali xabardor qilinadi** | ||
| Akademik qarzdor izlanuvchilar bilan ishlash boʻyicha qoʻshimcha oʻquv chora-tadbirlari belgilangan** | ||
| Barcha qarorlar (chetlatish, oʻtkazish, qayta tiklash) protokol orqali rasmiylashtiriladi** | ||
| 17. | Izlanuvchilarni qoʻllab-quvvatlash va ularga maslahat berish xizmatlarining mavjudligi.
Izlanuvchilarning ilmiy, psixologik va maʼmuriy qoʻllab-quvvatlanishini taʼminlovchi tizim mavjudligi, ularning tadqiqot faoliyatini samarali tashkil etilganligi, ilmiy rahbarlar bilan munosabatni mustahkamlash va kasbiy rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash oʻrganiladi. |
Izlanuvchilar uchun maslahat (academic advising) tizimi mavjud |
| Ilmiy va psixologik qoʻllab-quvvatlash xizmatlari yoʻlga qoʻyilgan | ||
| Ilmiy mentorlik (akademik rahbarlik) tizimi joriy etilgan va samarali ishlaydi** | ||
| Maslahat xizmatlaridan foydalanish va ularning samaradorligi boʻyicha maʼlumotlar muntazam yigʻiladi va tahlil qilinadi** | ||
| Izlanuvchilarning maslahat xizmatlariga boʻlgan qoniqish darajasi muntazam oʻrganiladi va tizim shu asosda takomillashtiriladi** | ||
| V. Inson resurslari yoʻnalishi
Taʼlim va ilmiy-tadqiqot jarayonlarini samarali tashkil etish uchun xodimlarning ilmiy salohiyati, malakasi va kompetensiyalarini aniqlash, qo‘llab-quvvatlash tizimi, kadrlar tarkibi, kasbiy rivojlanishi va rag‘batlantirish mexanizmlarini baholashga qaratilgan faoliyat baholanadi. |
||
| 18. | Ilmiy rahbar va konsultantlarning koʻnikma, malaka va ilmiy darajalarining ixtisoslikka mosligi.
Doktorantura taʼlim dasturi boʻyicha faoliyat yurituvchi ilmiy rahbar va konsultantlarning malakasi, ilmiy darajasi va ilmiy yoʻnalishi doktorantura taʼlim dasturi ixtisosligiga mos kelishi hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali boshqarish qobiliyati oʻrganiladi. |
Ilmiy rahbar va konsultantlar ixtisosliklar boʻyicha mos ilmiy daraja va unvonlarga ega |
| Ilmiy rahbar va konsultantlarning ixtisosliklari doktorantura taʼlim dasturining yoʻnalishiga muvofiq | ||
| Ilmiy rahbar va konsultantlarning mos tadqiqot yoʻnalishi boʻyicha yuqori impakt faktorli nufuzli ilmiy jurnallarda nashrlari mavjud** | ||
| Ilmiy rahbarlar xorijiy va mahalliy malaka oshirish kurslarda ishtirok etganlik toʻgʻrisida malaka sertifikatlariga ega** | ||
| Ilmiy rahbar va konsultantlarning soni doktorantura taʼlim dasturiga qabul qilingan izlanuvchilar soniga nisbati me’yoriy hujjatlardagi talablarga mos keladi | ||
| 19. | Taʼlim dasturi yetarlicha mutaxassis va maʼmuriy-boshqaruv xodimlari bilan taʼminlangani, ularning sifat tarkibi, malakasi va mutaxassisligi belgilangan talablarga javob berishi.
Doktorantura taʼlim dasturi doirasida taʼlim va tadqiqot jarayonlarini taʼminlovchi ilmiy tadqiqotchi, rahbar va konsultantlar hamda boshqaruv kadrlari soni, malakasi va lavozim talabi boʻyicha yetarli darajada taʼminlanganligi oʻrganiladi. |
Doktorantura taʼlim dasturi boʻyicha mutaxassis va ma’muriy-boshqaruv xodimlari bilan ta’minlanganlik darajasi belgilangan shtat normativlariga javob beradi |
| Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni taʼlim jarayonini samarali qoʻllab-quvvatlaydi | ||
| Ilmiy yordamchi kadrlar (laborant, metodist va h.k.) soni doktorantura taʼlim dasturlariga mos taʼminlangan | ||
| Xodimlarni ragʻbatlantirish va lavozim oʻsishi tizimi joriy etilgan | ||
| 20. | Ilmiy rahbar va konsultantlarni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish tizimining mavjudligi.
Ilmiy rahbar va konsultantlarning ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligiga qarab ularni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyilganligi oʻrganiladi. |
Ilmiy rahbarlar uchun mukofot va qoʻshimcha haq toʻlash tartibi mavjud |
| Ilmiy rahbarlik faoliyati samaradorligini baholash tizimi mavjud | ||
| Ilmiy faoliyatda faol boʻlgan xodimlar maʼnaviy ragʻbatlantiriladi** | ||
| Ilmiy faoliyat natijalari asosida ragʻbatlantirish buyruqlari chiqarilgan** | ||
| 21. | Xorijlik ilmiy rahbar va konsultantlarni jalb qilish imkoniyatlarining mavjudligi.
Doktorantura taʼlim dasturlari boʻyicha taʼlim tashkilotida xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish maqsadida xorijiy ilmiy rahbar va konsultantlarni jalb etish imkoniyatlari yaratilganligi va amalda qoʻllanilishi oʻrganiladi. |
Xorijiy ilmiy rahbarlar bilan tuzilgan shartnomalar mavjud** |
| Xorijiy ilmiy rahbarlar ishtirokidagi ilmiy tadqiqot ishlari mavjud** | ||
| Xorijiy ilmiy tashkilot(tashkilot xodimlari)lar bilan qoʻshma ilmiy loyihalar va tadqiqot natijalari mavjud** | ||
| Xorijiy ilmiy rahbarlar tomonidan masofaviy maslahat berish tizimi yoʻlga qoʻyilgan | ||
| Ilmiy rahbarlarni jalb qilish uchun normativ va moliyaviy asos mavjud | ||
| VI. Moddiy-texnik taʼminot yoʻnalishi
Doktorantura taʼlim dasturlarini amalga oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish hamda izlanuvchilar uchun qulay taʼlim va tadqiqot muhitini yaratishga xizmat qiluvchi infratuzilma, laboratoriyalar, asbob-uskunalar, axborot resurslari va inklyuziv sharoitlarning yetarli darajada taʼminlanganligini qamrab olishi, taʼlim va ilmiy faoliyat samaradorligining amaliy asosi baholanadigan faoliyat baholanadi. |
||
| 22. | Ixtisoslik xususiyatidan va izlanuvchilar sonidan kelib chiqib, tadqiqot sohasi boʻyicha ilmiy manbalarning mavjudligi va elektron resurslar bilan belgilangan talablarga muvofiq taʼminlangani.
Taʼlim tashkilotida ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish uchun ixtisoslik yoʻnalishiga mos ilmiy adabiyotlar, elektron maʼlumotlar bazalari va zamonaviy axborot resurslari bilan taʼminlanganligi oʻrganiladi. |
Ilmiy kutubxona fondi barcha ixtisosliklarni qamrab olgan va doimiy yangilanib boriladi |
| Elektron kutubxona va maʼlumotlar bazalarining mavjud | ||
| Ilmiy manbalarga izlanuvchilarning onlayn kirish imkoniyati mavjud | ||
| Ilmiy adabiyotlar roʻyxatida xalqaro nashrlar ulushi meʼyoriy hujjatlarda aks etgan talablarga mos | ||
| Izlanuvchilarning ilmiy manbalardan foydalanish faolligi boʻyicha statistikasi yuritiladi** | ||
| 23. | Mahalliy hamda xalqaro axborot va maʼlumotlar bazasidan (Scopus, Web of Science yoki boshqa umumeʼtirof etilgan indeksatsiyalangan maʼlumotlar bazalari jurnallari) foydalanish imkoniyatlarining yaratilgani.
Taʼlim tashkilotida izlanuvchilar va ilmiy xodimlar uchun Scopus, Web of Science, Springer, Elsevier va shunga oʻxshash xalqaro maʼlumotlar bazalariga foydalanish imkoniyati yaratganligi oʻrganiladi. |
Taʼlim tashkiloti xalqaro umumeʼtirof etilgan axborot va maʼlumotlar bazalariga obuna boʻlgan |
| Izlanuvchilarga foydalanish boʻyicha login yoki platforma kirish imkoniyati yaratilgan | ||
| Xalqaro bazalardan foydalanish boʻyicha oʻquv seminarlari oʻtkaziladi** | ||
| Foydalanish statistikasi (izlanuvchi faolligi) mavjud va doimiy yuritiladi** | ||
| Xalqaro maʼlumotlar bazalari boʻyicha ichki yoʻriqnoma mavjud | ||
| 24. | Ilmiy-eksperimental laboratoriyalar bilan taʼminlanganlik darajasi, ularning zamonaviy asbob-uskunalar, jihozlar, inventarlar, texnikalar, xomashyo materiallari va boshqalar bilan taʼminlangani va ulardan foydalanilishi holati.
Taʼlim tashkilotida ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlar uchun zamonaviy laboratoriyalar, asbob-uskunalar, jihozlar va tajriba uchun zarur xomashyo materiallari bilan yetarli darajada taʼminlanganligi hamda ulardan samarali foydalanish tizimi yoʻlga qoʻyilganligi oʻrganiladi. |
Ilmiy laboratoriyalardagi asbob-uskunalar va ularning soni mavjud barcha ixtisosliklariga mos keladi |
| Asbob-uskunalarning zamonaviyligi, texnik holati va yaroqlilik muddatlari doimiy ravishda nazorat qilinadi va yangilanib boriladi | ||
| Laboratoriyalardan foydalanish grafigi va izlanuvchilar ishtiroki taʼminlangan | ||
| Asbob-uskunalar uchun xizmat koʻrsatish va taʼmirlash tizimi mavjud | ||
| 25. | Inklyuziv taʼlim olish uchun binolar va jihozlarning moslashtirilgani, maxsus oʻquv materiallarining mavjudligi, axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgani.
Taʼlim tashkilotida imkoniyati cheklangan shaxslar uchun infratuzilma va taʼlim muhiti moslashtirilgan boʻlib, binolar, jihozlar, axborot resurslari hamda taʼlim materiallaridan teng foydalanish imkoniyati yaratilganligi oʻrganiladi. |
Inklyuziv taʼlim uchun binolarda fizik moslashuv elementlari (liftlar, hojatxonalar, pandus) mavjud |
| Maxsus oʻquv va axborot materiallari mavjud va yetarli darajada taʼminlangan | ||
| Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan muntazam foydalanish imkoniyati mavjud | ||
| Imkoniyati cheklangan izlanuvchilar uchun maslahat xizmatlari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan | ||
Izoh.* Majburiy boʻlgan indikatorlar.
** Amaldagi doktorantura ta’lim dasturlari uchun foydalaniladigan indikatorlar.
Loyihaga ko‘ra, oliy ta’limdan keyingi ta’lim tashkilotlarini kompleks davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishda baholash mezonlari boʻyicha indikatorlar qyidagicha belgilangan:
| T/r | Mezon | Indikator |
| I. Tashkiliy-boshqaruv faoliyati yoʻnalishi
Taʼlim tashkilotining strategik maqsad va vazifalarini amalga oshirish, samarali boshqaruv tizimini yoʻlga qoʻyish, resurslardan oqilona foydalanish, rivojlanish rejasini bajarish hamda taʼlim sifati va xalqaro hamkorlikni boshqarish orqali barqarorlikni taʼminlashga qaratilgan faoliyat baholanadi. |
||
| 1. | Taʼlim tashkiloti faoliyatini samarali tashkil etish va rejalashtirish, taʼlim sifatini taʼminlash uchun moliyaviy resurslarning maqsadli yoʻnaltirilgani.
Taʼlim tashkilotining faoliyati samarali rejalashtirilganligi, moliyaviy va moddiy resurslar taʼlim sifati hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga maqsadli yoʻnaltirilganligi, shuningdek, moliyaviy boshqaruv jarayonida natijadorlik va hisobdorlik taʼminlanganligi holatlari oʻrganiladi. |
Taʼlim tashkiloti faoliyatini rivojlantirish va taʼlim sifatini taʼminlash uchun moliyaviy rejalashtirish jarayonlari strategik rivojlanish rejalariga muvofiq amalga oshirish tizimi yoʻlga qoʻyilgan* |
| Moliyaviy resurslar ustuvor yoʻnalishlar (infratuzilma, metodik taʼminot, kadrlar malakasi, raqamli texnologiyalar)ga muvofiq taqsimlangan | ||
| Moliyaviy rejalar ijrosi boʻyicha tizimli monitoring, tahlil va ichki nazorat tizimi yoʻlga qoʻyilgan hamda ularning natijalari asosida tegishli qarorlar qabul qilingan | ||
| Moliyaviy boshqaruv tizimi orqali taʼlim sifat koʻrsatkichlari barqaror ravishda yaxshilangan | ||
| Mablag‘lardan foydalanish jarayoni shaffoflik va hisobdorlik tamoyillari asosida tashkil etilgan hamda xarajatlar samaradorligi, natijadorligi muntazam tahlil qilingan | ||
| 2. | Ilmiy kengashlar tashkil etilgani va uning faoliyati samaradorligi.
Muvofiqlashtiruvchi kollegial organning samarali ishlashi, ta’lim va ilmiy-tadqiqot jarayonlarini rivojlantirish, qarorlar qabul qilish hamda ularning ijrosini nazorat qilish tizimining mavjudligi va samaradorligi oʻrganiladi. |
Taʼlim tashkilotida muvofiqlashtiruvchi kollegial organ tashkil etilgan va uning huquqiy asosi mavjud* |
| Kengash tarkibi tasdiqlangan va doimiy yangilanib boriladi | ||
| Kengash yigʻilishlari belgilangan reja asosida muntazam oʻtkaziladi | ||
| Yigʻilishlarda taʼlim va ilmiy faoliyatga oid dolzarb masalalar koʻrib chiqiladi | ||
| Qabul qilingan qarorlar ijrosi nazorat qilinadi va tahlil qilinadi | ||
| Kengash faoliyati samaradorligini baholash boʻyicha ichki nazorat yoki monitoring tizimi mavjud | ||
| Kengash faoliyati taʼlim tashkiloti rivojlanish strategiyasi bilan uygʻunlashgan | ||
| 3. | Taʼlim tashkilotini rivojlantirish rejasining ishlab chiqilgani va uni amalga oshirish uchun resurslar mavjudligi, shuningdek, uning jamoatchilik uchun ochiqligi va monitoringi yuritilgani.
Taʼlim tashkilotida rivojlantirish rejasining mavjudligi, zarur resurslar bilan taʼminlanganligi, shuningdek uning ijrosi va natijalarining jamoatchilikka ochiqligi holatlari oʻrganiladi. |
Taʼlim tashkilotini strategik rivojlantirish rejasi sohaning ustuvor yoʻnalishlari, mehnat bozori tahlillari va kadrlar tayyorlash maqsadi bilan uygʻun holda ishlab chiqilgan hamda tasdiqlangan* |
| Taʼlim tashkilotini strategik rivojlantirish rejasida maqsadlar, ustuvor yoʻnalishlar va kutilayotgan natijalar belgilangan | ||
| Strategik rivojlantirish rejasini amalga oshirish uchun tashkilot va barcha tarkibiy boʻlinmalarining yillik ish rejalari ishlab chiqilgan hamda tasdiqlangan | ||
| Rejani amalga oshirish uchun zarur moliyaviy, moddiy va inson resurslari ajratilgan, ularning taqsimoti ustuvor yoʻnalishlar bilan uygʻunlashtirilgan | ||
| Taʼlim tashkilotining strategik rivojlantirish rejasining bajarilish holati va natijalari ochiq hamda shaffof tarzda jamoatchilikka muntazam taqdim etilgan | ||
| Taʼlim tashkilotining rivojlantirish rejasi muntazam tahlillar, monitoring natijalari, manfaatdor tomonlarning fikr-mulohazalari va takliflari asosida takomillashtirish choralari koʻrilgan | ||
| 4. | Taʼlim tashkilotining hudud va respublikaning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalarini rivojlantirishga qoʻshayotgan hissasi.
Ta’lim tashkilotining hududiy va milliy rivojlanishga qo‘shayotgan hissasi, ilmiy-innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy etilganligi va rivojlanish dasturlarida ishtirok etganligi oʻrganiladi. |
Tashkilotlar, korxonalar va muassasalar bilan hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyilgan |
| Ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarda taʼlim tashkiloti ishtirok etgan | ||
| Madaniy-maʼrifiy yoki ilmiy tadbirlar (festivallar, koʻrgazmalar, anjumanlar) tashkil etilgan | ||
| Tashkilot tashabbusi bilan hudud yoki jamoatchilik manfaatiga xizmat qiluvchi loyihalar amalga oshirilgan* | ||
| Taʼlim tashkiloti ilmiy faoliyati natijalari mahalliy yoki milliy OAV orqali yoritilgan | ||
| Jamoatchilik bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ijtimoiy, madaniy yoki ilmiy tadbirlar natijalari tahlil qilingan | ||
| 5. | Tadqiqot jarayonlarini boshqarish hamda taʼlim sifatini nazorat qilish boʻyicha ochiq axborot tizimining mavjudligi va ushbu tizimning taʼlim sohasidagi vakolatli davlat organlarining axborot tizimlariga integratsiya qilingani.
Taʼlim tashkilotida taʼlim jarayonlarini boshqarish va taʼlim sifati ustidan nazoratni taʼminlovchi axborot tizimining mavjudligi hamda uning vakolatli davlat organlari axborot tizimlari bilan integratsiya qilinganlik darajasi oʻrganiladi. |
Taʼlim tashkilotida oʻquv jarayonlari va taʼlim sifatini boshqarishga xizmat qiluvchi raqamli axborot tizimi joriy etilgan |
| Axborot tizimi taʼlim sohasidagi vakolatli davlat organlar va boshqa tashkilotlarning axborot tizimlariga integratsiya qilingan, maʼlumotlar avtomatik almashinuvi yoʻlga qoʻyilgan* | ||
| Axborot tizimi foydalanuvchilar uchun qulay, maʼlumotlar xavfsizligi va maxfiyligi taʼminlangan | ||
| Axborot tizimi orqali oʻquv jarayonlarini rejalashtirish, monitoring va hisobot ishlari yuritilgan, maʼlumotlar asosida yillik tahliliy hisobotlar tayyorlangan va kollegial organining yigʻilishlarida muhokama qilingan | ||
| Axborot tizimining samaradorligi, maʼlumotlar bilan ishlash jarayonlari va integratsiya holati boʻyicha doimiy monitoring tizimi amalga oshirilgan hamda aniqlangan muammolar boʻyicha tuzatishlar kiritish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrilgan | ||
| 6. | Taʼlim tashkilotini xalqarolashtirish va xalqaro hamkorlik aloqalarining yoʻlga qoʻyilgani.
Ta’lim tashkilotining xorijiy muassasalar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yganligi, xorijiy xodim va mutaxassislarni jalb etganligi hamda xalqaro tadbirlarni tashkil etganligi oʻrganiladi. |
Xorijiy taʼlim va ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlik shartnomalari mavjud |
| Qoʻshma doktorantura taʼlim dasturlari yoki ilmiy loyihalar amalga oshirilgan | ||
| Ilmiy xodimlar xorijda malaka oshirish va stajirovkalarda ishtirok etgan | ||
| Xorijiy mutaxassislar taʼlim jarayoniga jalb etilgan | ||
| Tadqiqotchilar uchun xalqaro ilmiy stajirovka dasturlari mavjud | ||
| Xalqaro konferensiya va seminarlar tashkil etilgan | ||
| Tadqiqotchilar xalqaro va qoʻshma xalqaro grantlar va loyihalarda ishtirok etgan | ||
| Xalqaro hamkorlik natijalari boʻyicha hisobot va tahlillar yuritilgan | ||
| II. Tadqiqot sifatini ta’minlash yoʻnalishi
Manfaatdor tomonlar ishtirokida ichki nazorat va baholash tizimini takomillashtirish, akademik halollikka rioya etish hamda ilmiy kengashlar faoliyatini shaffof va qonuniy asosda tashkil etishga qaratilgan faoliyat baholanadi. |
||
| 7. | Manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikda taʼlim sifatini ichki taʼminlashning yoʻlga qoʻyilgani.
Manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikda tizim joriy etilganligi, shuningdek professor-o‘qituvchilar, izlanuvchilar va ish beruvchilarning fikrlarini inobatga olgan holda ta’lim sifatini oshirish va jarayonni takomillashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar oʻrganiladi. |
Ichki sifatni ta’minlash tizimi tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan, unga mas’ul bo‘lim/xodim biriktirilgan hamda tizim maqsadlari ta’lim tashkilotining strategik rivojlanish yo‘nalishlari bilan uzviy bog‘langan* |
| Ichki sifatni ta’minlash tizimi faoliyatida professor-o‘qituvchilar, izlanuvchilar, ish beruvchilar, bitiruvchilar va jamoatchilik vakillarining ishtiroki ta’lim tashkilotining ichki me’yoriy hujjatlari bilan tartibga solingan | ||
| Xodimlarning malakasini oshirish maqsadida ichki sifatni ta’minlash tizimi bo‘yicha seminar va treninglar muntazam ravishda tashkil etiladi | ||
| Ta’lim sifatini ichki ta’minlash tizimining samaradorligini baholash maqsadida so‘rovnomalar, intervyular va fokus-guruhlar orqali manfaatdor tomonlarning fikr va mulohazalari o‘rganilib, tahlil qilingan | ||
| Olingan tavsiyalar asosida ichki sifatni ta’minlash tizimi, doktorantura ta’lim dasturlari va ta’lim jarayoniga tegishli o‘zgartirish va takomillashtirishlar kiritilgan | ||
| 8. | Taʼlim sifatini ichki taʼminlash tizimi samaradorligi muntazam tahlil qilib borilgani va tahlil natijalari asosida takomillashtirish choralarining koʻrilgani.
Ta’lim sifatini muntazam tahlil qilish, aniqlangan kamchiliklar asosida takomillashtirish choralari ishlab chiqish va ularning ijrosini ta’minlash tizimining samaradorligi oʻrganiladi. |
Ta’lim sifatini ichki ta’minlash tizimi samaradorligini aniqlash bo‘yicha tegishli mezonlar va baholash usullari ishlab chiqilgan hamda amaliyotga joriy etilgan* |
| Taʼlim sifatini ichki taʼminlash tizimi faoliyati muntazam ravishda yillik yoki yarim yillik tahlil asosida baholanib borilgan | ||
| Tahlil jarayonida oʻquv va tadqiqot jarayoni, ilmiy faoliyat va izlanuvchilarning oʻzlashtirish natijalari inobatga olingan | ||
| Tahlil natijalari asosida aniqlangan muammolar, ularni bartaraf etish, takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan va amalga oshirilgan | ||
| Ichki sifat natijalari kollegial organining yigʻilishlarida muhokama qilingan hamda jamoatchilik va manfaatdor tomonlarga yetkazilgan* | ||
| 9. | Taʼlim tashkilotida akademik halollik va erkinlik qoidalarining belgilangani va unga zid holatlarning oldini olish boʻyicha samarali tizimning mavjudligi.
Ta’lim jarayonida halollik, adolat va mas’uliyatni ta’minlash, akademik qoidalar buzilishining oldini olish uchun samarali nazorat, monitoring va profilaktika tizimini yaratishga qaratilgan faoliyat oʻrganiladi. |
Ta’lim tashkilotida akademik halollik, axloqiy me’yorlar hamda kasbiy mas’uliyatga oid tartib-qoidalar va yo‘riqnomalar ishlab chiqilgan, tasdiqlangan hamda amaliyotda qo‘llanilmoqda* |
| Akademik halollik tamoyillari va talablari barcha ilmiy rahbar (konsultant)lar, izlanuvchilar va boshqa manfaatdor tomonlarga yetkazilgan | ||
| Akademik halollik tamoyillariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida ta’lim tashkilotida tegishli mas’ul belgilangan | ||
| Akademik halollik qoidalarini buzganlarga nisbatan intizomiy choralar koʻrish amaliyoti yoʻlga qoʻyilgan | ||
| Akademik halollik va odob-axloq madaniyatini shakllantirish boʻyicha muntazam ravishda profilaktik tadbirlar, seminar va treninglar oʻtkaziladi | ||
| Ilmiy va o‘quv ishlarida plagiat hamda ma’lumotlarning ishonchliligini buzish holatlarini oldini olish maqsadida maxsus elektron tekshiruv tizimlari joriy etilgan va muntazam qo‘llaniladi | ||
| 10. | Dissertatsiya ishi himoyasi uchun mavjud ilmiy kengashlar faoliyati, ularning tarkibiy tuzilishi, ish tartibi va qabul qilingan qarorlarining ilmiy-huquqiy asoslangani.
Ilmiy kengashlarning tarkibi, ish tartibi hamda qarorlarining qonuniyligi va ilmiy asoslanganligi, shuningdek ularning faoliyati samaradorligi oʻrganiladi. |
Ilmiy kengashlar Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan tasdiqlangan va roʻyxatga olingan* |
| Ilmiy kengash tarkibi fan sohalari boʻyicha malakali mutaxassislardan shakllantirilgan | ||
| Ilmiy kengash faoliyati belgilangan nizom va reglament asosida amalga oshiriladi | ||
| Dissertatsiyalar himoyasi ochiqlik va ilmiy halollik prinsiplariga muvofiq oʻtkaziladi | ||
| Ilmiy kengash tomonidan qabul qilingan qarorlar ilmiy va huquqiy jihatdan asoslangan | ||
| Ilmiy kengash faoliyati natijalari boʻyicha hisobotlar yuritiladi va OAKga taqdim etiladi | ||
| III. Tadqiqotchilar faoliyati yoʻnalishi
Tadqiqotchilarni qabul qilish, oʻqish jarayonini boshqarish va chetlashtirishni qonunchilik talablariga muvofiq amalga oshirish, shuningdek, taʼlim xizmatlari eksportini rivojlantirish orqali tadqiqotchilar kontingentini samarali boshqarishga qaratilgan faoliyat baholanadi. |
||
| 11. | Qabul parametrlari ilmiy-tadqiqotlar uchun mavjud mablagʻlar, tadqiqot loyihalari yoki boshqa moliyalashtirish manbalari imkoniyatlarini inobatga olgan holda belgilangani.
Taʼlim tashkilotining qabul parametrlarining mavjud ilmiy xodimlar salohiyati, moddiy-texnika bazasi, oʻquv xonalari va laboratoriyalar quvvati hamda moliyaviy resurslari bilan mutanosib ravishda belgilaganligi, shuningdek, qabul jarayonini samarali tashkil etish uchun zarur resurslarni moliyalashtirish darajasi oʻrganiladi. |
Qabul parametrlari ta’lim tashkilotining quvvati, bino va inshootlar sig‘imi, moliyaviy resurslari hamda moddiy-texnik bazasi imkoniyatlaridan kelib chiqib belgilangan* |
| Qabul parametrlari mehnat bozori ehtiyojlari, ustuvor ta’lim yo‘nalishlari, amaliyot bazalari va ilmiy salohiyat bilan uyg‘un holda shakllantirilgan* | ||
| Qabul jarayonlarini tashkil etish hamda qabul parametrlari bajarilishi bo‘yicha muntazam monitoring olib boriladi | ||
| Qabul parametrlarining bajarilish holati har yili tahlil qilinadi hamda natijalar asosida qabul rejasiga zarur o‘zgartirishlar kiritiladi | ||
| Qabul parametrlari ilmiy-tadqiqotlar, grantlar va tashqi moliyalashtirish manbalari bilan uzviy bog‘langan holda rejalashtirilgan | ||
| 12. | Izlanuvchilarni oʻqishga qabul qilish, oʻqishdan chetlashtirish va oʻqish muddatini uzaytirish belgilangan tartib-qoidalar asosida toʻgʻri tashkil qilingani hamda shaffof va adolatli amalga oshirilgani.
Izlanuvchilarning qabuli, chetlashtirilishi va oʻqish muddatini uzaytirish jarayonlarining me’yoriy hujjatlar asosida shaffof, adolatli va jamoatchilik uchun ochiqlik darajasi oʻrganiladi. |
Izlanuvchilarni o‘qishga qabul qilish, o‘qishdan chetlashtirish va o‘qish muddatini uzaytirish tartibi ta’lim tashkilotining ichki me’yoriy hujjatlarida belgilangan bo‘lib, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida amalga oshiriladi |
| Qabul jarayoni mezonlari, talablari va baholash tartibi jamoatchilik uchun ochiq e’lon qilingan hamda barcha nomzodlar uchun teng imkoniyatlar yaratilgan | ||
| Izlanuvchilarni qabul qilish, o‘qishdan chetlashtirish va o‘qish muddatini uzaytirish bo‘yicha qarorlar amaldagi tartib-qoidalarga muvofiq rasmiylashtirilgan | ||
| Qabul jarayonida yuzaga kelgan e’tiroz va shikoyatlar bo‘yicha appelyatsiya tizimi faoliyat yuritadi hamda uning natijalari tahlil qilinib, jarayonni takomillashtirishda inobatga olinadi. | ||
| Qabul jarayonida shaffoflik va hisobdorlik ta’minlangan, qabul qilingan nomzodlar axborot tizimlari orqali ommaga e’lon qilingan | ||
| 13. | Izlanuvchilarning belgilangan talablar asosida dissertatsiya ishini tayyorlashning yakka tartibdagi rejasi, ixtisoslik boʻyicha nazariy-metodologik dasturi ishlab chiqilgani va tasdiqlangani.
Izlanuvchilarning dissertatsiya ishini belgilangan talablar asosida bosqichma-bosqich bajarish uchun yakka tartibdagi ish rejasi va ixtisoslik bo‘yicha nazariy-metodologik dastur ishlab chiqilganligi, tasdiqlanganligi va ilmiy faoliyati monitoring qilinganligi oʻrganiladi. |
Izlanuvchilar uchun dissertatsiya ishini tayyorlash boʻyicha yakka tartibdagi ish rejasi ishlab chiqilgan hamda ilmiy rahbar va taʼlim tashkiloti rahbariyati tomonidan tasdiqlangan* |
| Ixtisoslik boʻyicha nazariy-metodologik dastur ishlab chiqilgan va tasdiqlangan hamda vazifalarning bajarilishi muntazam monitoring qilinadi | ||
| Izlanuvchilarning dissertatsiya ishlari boʻyicha oraliq va yakuniy hisobotlar topshirilib boriladi | ||
| Dissertatsiya ishi tayyorgarligi jarayonida ilmiy seminarlar va muhokamalar tashkil etilgan | ||
| Izlanuvchilarning ilmiy faoliyati natijalari ilmiy rahbar (konsultant) va masʼul boʻlimlar tomonidan baholanadi hamda rasmiy ravishda hujjatlashtiriladi | ||
| 14. | Respublika va xorijiy mamlakatlardagi ilmiy tashkilotlar va ishlab chiqarish sektori bilan akademik mobillikni yoʻlga qoʻyilgani.
Izlanuvchi va ilmiy xodimlarning respublika va xorijiy muassasalar bilan almashinuvini qo‘llab-quvvatlovchi tizim tashkil etilganligi va uni tegishli kelishuvlar asosida amalga oshirilganligi oʻrganiladi. |
Akademik mobillikni tartibga soluvchi ichki tartib mavjud* |
| Respublika ilmiy tashkilotlari va ishlab chiqarish sektori bilan amaldagi hamkorlik shartnomalari mavjud hamda ular asosida akademik almashinuv amalga oshiriladi | ||
| Xorijiy ilmiy, ta’lim va boshqa nufuzli tashkilotlar bilan tuzilgan memorandumlar, kelishuvlar yoki shartnomalar asosida akademik mobillik dasturlari mavjud | ||
| Akademik mobillik dasturlari doirasida izlanuvchilar, ilmiy rahbarlar (konsultant), professorlar va ilmiy xodimlarning faol ishtiroki ta’minlangan | ||
| Akademik mobillik jarayonlarida ishtirokchilarning tanlanishi, saralash va moliyalashtirish bosqichlarida teng imkoniyatlar, shaffoflik va adolat tamoyillariga rioya etilgan | ||
| Mobillik natijalari boʻyicha hisobotlar va tahlillar yuritiladi | ||
| IV. Tadqiqot jarayonini tashkil etish yoʻnalishi
Ilmiy izlanishlarni rejalashtirish, boshqarish, baholash va natijalarini amaliyotga tatbiq etish, shuningdek, izlanuvchilar uchun yuqori ilmiy natijalarga erishishga xizmat qiluvchi sharoit yaratishga qaratilgan faoliyat baholanadi. |
||
| 15. | Ilmiy rahbarlar (konsultant) faoliyati belgilangan talab asosida ishlab chiqilgani, tasdiqlangani va yuritilishi.
Belgilangan talablar asosida tartibga solinib, vazifa va mas’uliyatlari aniqlangan, samaradorligi baholanadigan hamda izlanuvchilarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tizimining holati oʻrganiladi. |
Ilmiy rahbarlar (konsultant)ni tayinlash tartibi belgilangan va hujjatlashtirilgan* |
| Ilmiy rahbar (konsultant)lar zimmasiga yuklatilgan vazifalar aniq belgilangan, ularning faoliyatini baholash va samaradorligini monitoring qilish tizimi yoʻlga qoʻyilgan* | ||
| Ilmiy rahbar (konsultant)lar faoliyati boʻyicha yillik yoki yarim yillik hisobotlar yuritiladi | ||
| Ilmiy rahbar (konsultant)lar faoliyatining natijalari boʻyicha tahlil va takliflar tayyorlanadi | ||
| Ilmiy rahbar (konsultant)lar uchun malaka oshirish va uslubiy koʻmak tizimi yoʻlga qoʻyilgan | ||
| 16. | Dissertatsiya mavzularining jamiyat, iqtisodiyot va sanoatdagi dolzarb muammolarning yechimiga qaratilgani, olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilgani.
Taʼlim tashkilotida dissertatsiya mavzularining jamiyat, iqtisodiyot va sanoat muammolarini hal etishga yoʻnaltirilganligi, ilmiy natijalarining amaliyotga joriy etilishi hamda sohalar rivojiga qoʻshilayotgan hissasi oʻrganiladi. |
Dissertatsiya mavzularining jamiyat, iqtisodiyot va sanoatdagi dolzarb muammolarning yechimi va amaliy ehtiyojlari bilan muvofiqlashtirilgan |
| Dissertatsiya mavzularini tanlashda manfaatdor tashkilotlar va ishlab chiqarish sohasi bilan kelishuv yoʻlga qoʻyilgan | ||
| Ilmiy tadqiqot natijalari amaliyotda qoʻllanilgan yoki joriy etilgan (dalolatnoma, maʼlumotnoma yoki kelishuv hujjatlari rasmiylashtirilgan) | ||
| Dissertatsiya mavzulari boʻyicha olingan natijalar ilmiy va amaliy konferensiyalarda taqdim etilgan | ||
| Ilmiy natijalar boʻyicha patent, mualliflik guvohnomasi yoki litsenziya olingan (tegishli sohalar boʻyicha) | ||
| 17. | Ilmiy rahbarlar (konsultant) yuklamalarining belgilangan normalariga muvofiq ajratilgani.
Ilmiy rahbarlar (konsultantlar)ga yuklama me’yoriy hujjatlar asosida, izlanuvchilar soni, ixtisoslik yo‘nalishi va ilmiy mavzuning murakkabligidan kelib chiqib adolatli taqsimlanishi hamda uning hisobga olinishi va nazorat qilinishi holati oʻrganiladi. |
Ilmiy rahbarlar (konsultantlar) yuklamalarini belgilash tartibi ichki meʼyoriy hujjat bilan tartibga solingan* |
| Har bir ilmiy rahbarga yuklama ajratishda belgilangan normativlar (dissertatsiya soni, vaqt meʼyori va vazifalar hajmi) inobatga olingan | ||
| Ilmiy rahbarlik yuklamasi izlanuvchilar soniga mutanosib ravishda aniq hisoblangan | ||
| Ilmiy rahbarlar yuklamasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar elektron yoki qogʻoz shaklida hisobga olinadi | ||
| Yuklama meʼyorlaridan ortiqcha yoki kam holatlar aniqlanganda, ularni bartaraf etish mexanizmi belgilangan | ||
| 18.
|
Izlanuvchilarning ilmiy-tadqiqot natijalari asosida chop etilgan maqola, tezis va intellektual mulk huquqini himoya qiluvchi hujjatlarga egaligi.
Izlanuvchilarning ilmiy ish samaradorligi chop etilgan maqolalar, tezislar va patentlar bilan ifodalanishi, natijalarining yangiligi, amaliy ahamiyati hamda belgilangan ilmiy daraja talablariga moslik darajasi oʻrganiladi. |
Ilmiy ish natijasiga doir intellektual mulk huquqini himoya qiluvchi hujjatlar (patent, guvohnoma va h.k.) olingan |
| Chop etilgan ishlar va patentlar boʻyicha maʼlumotlar taʼlim tashkiloti elektron axborot bazasiga kiritilgan | ||
| Izlanuvchilarning ilmiy-tadqiqot natijalari ilmiy yangilik, amaliy ahamiyat va ilmiy daraja talablariga muvofiqligi jihatidan ekspertiza qilingan va baholangan. | ||
| 19. | Taʼlim tashkilotida tadqiqotlar natijadorligi tahlillarining olib borilgani va natijalarining muhokama qilingani.
Ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalari doimiy tahlil qilinishi, muhokama etilishi hamda ilmiy ishlarni takomillashtirish va samaradorlikni oshirish tizimining samaradorligi oʻrganiladi. |
Ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligi boʻyicha yillik yoki yarim yillik tahlil hisobotlarini yurituvchi monitoring tizimi mavjud |
| Tahlil natijalari ilmiy kengash yoki maxsus komissiya yigʻilishlarida muhokama qilingan | ||
| Muhokama natijalari asosida ilmiy faoliyatni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilangan | ||
| Tahlil jarayonida ilmiy ishlarning amaliy samaradorligi va natijalarning tatbiq etilishi inobatga olingan | ||
| Ilmiy faoliyat natijalari tahlili boʻyicha hisobotlar maʼlumotlar bazasi yoki axborot tizimida saqlanadi | ||
| Ilmiy faoliyat tahlillari boʻyicha hisobotlar va muhokama natijalari yuzasidan ijro nazorati yoʻlga qoʻyilgan | ||
| 20. | Izlanuvchilar belgilangan shaxsiy ish rejalarining oʻrnatilgan tartibda bajarilishi monitoring qilib borilgani.
Izlanuvchilarning yakka tartibdagi rejalari belgilangan talablar asosida bajarilishini tizimli kuzatish, vazifalar ijrosi, muddatlarga rioya etish va ilmiy natijalar sifatini tahlil qilish tizimining samaradorligi oʻrganiladi. |
Yakka tartibdagi rejalarining bajarilishi boʻyicha monitoring grafigi va nazorat tizimi yoʻlga qoʻyilgan |
| Ilmiy rahbarlar tomonidan izlanuvchilar faoliyati boʻyicha davriy hisobotlar taqdim etiladi | ||
| Izlanuvchilarning yakka tartibdagi rejasi bajarilishi natijalari boʻyicha yigʻilishlar yoki muhokamalar oʻtkaziladi | ||
| Monitoring natijalari asosida xulosalar va tavsiyalar tayyorlanadi | ||
| Bajarilmagan vazifalar boʻyicha tuzatuv choralari belgilangan va ijro nazorati amalga oshiriladi | ||
| Monitoring natijalari taʼlim tashkilotining axborot tizimida yoki maxsus jurnalda rasmiy tarzda qayd etiladi | ||
| V. Inson resurslari yoʻnalishi
Taʼlim tashkiloti kadrlar salohiyatini, pedagog va rahbar xodimlarning malakasi, ilmiy darajasi hamda kasbiy rivojlanishini baholash orqali taʼlim sifati va barqarorligini taʼminlashga qaratilgan faoliyat baholanadi. |
||
| 21. | Ilmiy rahbar (konsultant)lar faoliyatining belgilangan talablarga muvofiqligi va ularning rahbarligida soʻnggi uch yilda bitirgan izlanuvchilarning oʻz vaqtida himoya qilganlari salmogʻi.
Belgilangan talablar asosida baholangan holda, so‘nggi uch yilda rahbar (konsultant)lik qilgan izlanuvchilarining dissertatsiyalarini belgilangan muddatlarda himoya qilganlik darajasi orqali ilmiy rahbarlarning samaradorligi oʻrganiladi. |
Ilmiy rahbarlar (konsultantlar) faoliyati uchun belgilangan talab va meʼyorlar mavjud* |
| Har bir ilmiy rahbar boʻyicha rahbarlik qilgan izlanuvchilar roʻyxati shakllantirilgan | ||
| Ilmiy rahbarlar kesimida izlanuvchilarning soʻnggi uch yildagi himoya qilganlik hisoboti yuritilgan | ||
| Izlanuvchilarning belgilangan muddatlarda himoya qilganlar salmogʻi hisoblangan | ||
| Ilmiy rahbarlik samaradorligi boʻyicha tahlil yoʻlga qoʻyilgan | ||
| Ilmiy rahbarlik faoliyati natijalari kollegial organining yigʻilishlarida muhokama qilingan | ||
| Natijalar asosida samarali faoliyat koʻrsatgan ilmiy rahbarlar ragʻbatlantirilgan yoki tegishli choralar koʻrilgan | ||
| 22. | Taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan fan doktorlarining ilmiy rahbarlik (konsultantlik)ka jalb etilgani.
Ta’lim tashkilotida fan doktorlarining ilmiy rahbar (konsultant) sifatida jalb etilishi, ularning ilmiy salohiyatidan oqilona foydalanish va izlanuvchilarning ilmiy izlanishlariga samarali yo‘naltirish jarayonlari oʻrganiladi. |
Ta’lim tashkilotida faoliyat yuritayotgan fan doktorlarning ixtisosliklar kesimidagi ilmiy rahbar(konsultant)lik ko’rsatkichlarining ulushi yuqori darajada* |
| Ilmiy rahbar (konsultant) sifatida faoliyat yuritayotgan fan doktorlarining ixtisosligi va izlanuvchi yoʻnalishi oʻrtasidagi muvofiqlik taʼminlangan* | ||
| Ilmiy rahbar (konsultant)likka jalb etish boʻyicha belgilangan meʼyor va talablar mavjud | ||
| Fan doktorlarining ilmiy rahbarlik faoliyati natijalari boʻyicha tahlil yoki hisobot yuritilgan | ||
| Ilmiy rahbar (konsultant)likka faol jalb etilgan fan doktorlari ragʻbatlantirilgan | ||
| 23. | Ilmiy rahbar (konsultant)lar tarkibining sifat koʻrsatkichlari hamda ularning ilmiy-tashkiliy faoliyati natijadorligi.
Ilmiy rahbar (konsultant)larning malakasi, ilmiy salohiyati va tashkiliy faoliyati natijadorligi ilmiy daraja, unvon, nashrlar, patentlar hamda loyihalarda ishtiroki asosida baholanadi. |
Ilmiy rahbar (konsultant)larning soʻnggi 3-yildagi chop etilgan ilmiy nashrlari meʼyoriy hujjatlar bilan tasdiqlangan |
| Ilmiy rahbar (konsultant)larning amalga oshirgan ilmiy-loyihaviy va innovatsion ishlarda ishtiroki taʼminlangan | ||
| Ilmiy rahbar (konsultant)lar ishtirokida ixtiro yoki seleksiya yutugʻi (patent), shuningdek, salmoqli ilmiy yangiliklar olgan va impakt-faktori tegishli darajada yuqori va xalqaro tizimga kirgan ilmiy jurnallarda maqolalar (belgilangan talabda) bilan himoya qilingan ishlanmalar mavjud | ||
| Ilmiy rahbar (konsultant)lar faoliyati samaradorligi boʻyicha yillik baholash natijalari mavjud | ||
| Ilmiy rahbar (konsultant)lar ilmiy va tashkiliy faoliyati natijalari asosida ragʻbatlantirilgan holatlari mavjud | ||
| 24. | Ilmiy rahbar (konsultant)lar faoliyati samaradorligini baholash tizimining yoʻlga qoʻyilgani va shu asosida moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirishning tashkil etilgani.
Taʼlim tashkilotida ilmiy rahbar (konsultant)lar faoliyati samaradorligini baholash tizimi yoʻlga qoʻyilganligi, baholash natijalari asosida moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish choralari amalga oshirilishi oʻrganiladi. |
Ilmiy rahbarlar faoliyatini baholash mezon va koʻrsatkichlari ishlab chiqilgan* |
| Baholash jarayonini amalga oshirish tartibi (davriyligi, masʼul tuzilmalar) belgilangan | ||
| Ilmiy rahbarlar faoliyati boʻyicha yillik yoki yarim yillik baholash natijalari mavjud | ||
| Baholash natijalari asosida ragʻbatlantirish yoki takliflar kiritish amaliyoti yoʻlga qoʻyilgan | ||
| Ilmiy rahbarlar samaradorligi boʻyicha moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish tizimi amalda | ||
| Ilmiy rahbarlar baholash natijalari tahlil qilinib, ularning faoliyatini takomillashtirish choralari ishlab chiqilgan | ||
| 25. | Oʻz vaqtida himoya qilmagan tadqiqotchilar bilan olib borilgan ishlar, nazorat tadbirlari va samaradorligi, ilmiy rahbar hamda maslahatchilarga choralar koʻrilgani.
Dissertatsiyasini o‘z vaqtida himoya qilmagan izlanuvchilar bilan tizimli ish olib borish, nazorat tadbirlarini o‘tkazish, natijalarni tahlil qilish hamda ilmiy rahbar (konsultant) va maslahatchilarga nisbatan tegishli choralar belgilash jarayonlari oʻrganiladi. |
Himoya muddatini oʻtkazib yuborgan izlanuvchilar roʻyxati va ular boʻyicha tahlil yuritilgan |
| Oʻz vaqtida himoya qilmagan izlanuvchilar bilan olib borilgan tushuntirish, maslahat va yordam tadbirlari mavjud | ||
| Ilmiy rahbar va maslahatchilarning masʼuliyatini baholash yoki ularga nisbatan choralar koʻrish amaliyoti mavjud | ||
| Tadqiqotchilar bilan individual reja yoki qayta ish rejasi ishlab chiqilganligi va bajarilishi nazorat qilingan | ||
| Nazorat tadbirlari natijalari boʻyicha tahlil yoki xulosa hujjatlari mavjud | ||
| Oʻz vaqtida himoya qilmagan izlanuvchilar ulushi yillar kesimida tahlil qilinib, samaradorlik koʻrsatkichlari aniqlangan | ||
| VI. Ilmiy-tadqiqot ishlari yoʻnalishi
Ilmiy rahbar(konsultant) va izlanuvchilar salohiyatini oshirish, ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda zarur infratuzilma va monitoring tizimlari samaradorligini ta’minlashga qaratilgan faoliyat baholanadi. |
||
| 26. | Xalqaro miqyosda va respublika miqyosidagi ilmiy-metodik va amaliy anjumanlar oʻtkazilgani.
Ilmiy tadqiqot samaradorligini oshirish va hamkorlikni kengaytirish maqsadida xalqaro hamda respublika miqyosida ilmiy-metodik va amaliy anjumanlarni muntazam tashkil etish jarayoni oʻrganiladi. |
Taʼlim tashkiloti tomonidan xalqaro va respublika miqyosidagi anjumanlar oʻtkazilgan |
| Anjumanlar yoʻnalishi va mavzulari ilmiy-tadqiqot yoʻnalishlariga mos | ||
| Anjumanlarda ilmiy izlanuvchilar, professor-oʻqituvchilar, xodimlar, tizim tashkilotlari va xorijiy tashkilotlar ishtirok etgan | ||
| Anjuman materiallari (tezislar, maqolalar toʻplami) nashr etilgan | ||
| Xorijiy va mahalliy ilmiy muassasalar bilan hamkorlikda anjumanlar tashkil etilgan | ||
| Anjumanlar natijasi boʻyicha qabul qilingan qarorlar, tavsiyalar yoki amaliy takliflar mavjud | ||
| Anjumanlarning ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligiga taʼsiri boʻyicha tahlil yoki hisobot mavjud | ||
| 27. | Ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirishda korxona va tashkilotlar bilan tadqiqot natijalarini tatbiq etish yoʻnalishida hamkorlik yoʻlga qoʻyilgani.
Tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish maqsadida mahalliy va xorijiy korxona hamda tashkilotlar bilan ilmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, innovatsion loyihalar va tajriba-sinov ishlari amalga oshirilishi oʻrganiladi. |
Korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik boʻyicha imzolangan shartnomalar va amal qilish muddatlari mavjud |
| Hamkor tashkilotlar ishtirokida amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalar mavjud | ||
| Tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqarishga joriy etilgan ilmiy yechimlar yoki texnologiyalar mavjud | ||
| Ilmiy natijalarni tatbiq etish boʻyicha dalolatnomalar, bayonnomalar yoki tasdiqlovchi hujjatlar mavjud | ||
| Hamkor tashkilotlar ishtirokida oʻtkazilgan ilmiy anjumanlar, seminarlar yoki taqdimotlar mavjud | ||
| Tatbiq qilingan ilmiy natijalarning iqtisodiy, texnologik yoki ijtimoiy samaradorligi boʻyicha tahlil yoki hisobot mavjud | ||
| 28. | Mahalliy hamda xalqaro axborot va maʼlumotlar bazasidan (Scopus, Web of Science yoki boshqa umumeʼtirof etilgan indeksatsiyalangan maʼlumotlar bazalari jurnallari) foydalanish imkoniyatlarining yaratilgani.
Taʼlim tashkilotida mahalliy va xalqaro ilmiy axborot bazalaridan foydalanish imkoniyatlari yaratilganligi, ulardan samarali foydalanishni taʼminlovchi infratuzilma va axborot resurslari mavjudligi hamda ilmiy natijalarning xalqaro miqyosda eʼtirof etilishini qoʻllab-quvvatlash holati oʻrganiladi. |
Taʼlim tashkilotida Scopus, Web of Science yoki sohaviy umumeʼtirof etilgan indeksatsiyalangan maʼlumotlar bazalaridan foydalanish imkoniyati mavjud |
| Ilmiy maʼlumotlar bazalaridan foydalanish boʻyicha ko‘rsatmalar ishlab chiqilgan | ||
| Tadqiqotchilar va izlanuvchilar uchun maʼlumotlar bazalariga kirish imkoniyati yaratilgan (IP manzil, login, korporativ akkaunt orqali) | ||
| Axborot resurslaridan foydalanish boʻyicha oʻquv-seminarlar va treninglar oʻtkazilgan | ||
| Ilmiy maqolalarning Scopus, Web of Science va boshqa indeksatsiyalangan jurnallarda chop etilgan | ||
| Ilmiy maʼlumotlar bazalaridan foydalanish samaradorligi boʻyicha tahlil yoki hisobot yuritilgan | ||
| Axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha reja yoki hamkorlik shartnomalari mavjud | ||
| 29. | Ilmiy-noshirlik faoliyatida koʻchirmachilikni aniqlash boʻyicha axborot tizimining joriy etilgani hamda doimiy hisobotlarning yuritilishi.
Taʼlim tashkilotida plagiatni aniqlash bo‘yicha axborot tizimi joriy etilganligi, ilmiy ishlar muntazam tekshirilib borilishi, natijalar asosida hisobotlar yuritilishi va zarur choralar ko‘rilishi o‘rganiladi. |
Taʼlim tashkilotida plagiatni aniqlash tizimi joriy etilgan* |
| Koʻchirmachilikni aniqlash boʻyicha ichki tartib yoki yoʻriqnoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan | ||
| Barcha dissertatsiya, ilmiy maqola va tezislar ushbu tizim orqali tekshirilishi yoʻlga qoʻyilgan | ||
| Tekshiruv natijalari boʻyicha rasmiy hisobotlar shakllantirilib, maʼlumotlar bazasida saqlanadi | ||
| Plagiat holatlarini tahlil qilish va oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi mavjud | ||
| Ilmiy ishlarning oʻrtacha oʻxshashlik foizi va tendensiyalari boʻyicha yillik tahlil hisobotlari tayyorlangan | ||
| VII. Tadqiqotchilarni qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishi
Tadqiqotchilarning fikr-mulohazalarini tahlil qilish, ta’lim va karyera bo‘yicha maslahat va qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini tashkil etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan va iqtidorli tadqiqotchilar uchun shart-sharoit yaratish hamda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan faoliyat baholanadi. |
||
| 30. | Taʼlim xizmatlari yuzasidan tadqiqotchilarning fikr-mulohazalarini monitoring qilinishi va uning natijalari asosida takomillashtirish choralarining koʻrilgani.
Taʼlim tashkilotida tadqiqotchilarning taʼlim sifati haqidagi fikr-mulohazalari muntazam o‘rganilib, ularning natijalari asosida taʼlim jarayonini takomillashtirish choralarining ko‘rilishi o‘rganiladi. |
Tadqiqotchilar qoniqishini aniqlashga qaratilgan muntazam soʻrovnomalar oʻtkaziladi |
| Fikr-mulohazalarni yigʻishda onlayn va an’anaviy usullardan foydalaniladi | ||
| Tadqiqotchilar fikrlarini tahlil qilish boʻyicha masʼul komissiya yoki guruh faoliyati yoʻlga qoʻyilgan | ||
| Soʻrov natijalari boʻyicha tahliliy hisobotlar tayyorlanadi va rahbariyatga taqdim etiladi | ||
| Fikr-mulohazalar asosida aniq takomillashtirish chora-tadbirlari rejalashtirilgan | ||
| Qabul qilingan chora-tadbirlarning amaliy natijalari monitoring qilinadi | ||
| Tadqiqotchilarni soʻrov natijalari va koʻrilgan choralar haqida xabardor qilish tizimi mavjud | ||
| Fikr-mulohazalarni oʻrganish natijalari taʼlim jarayonlarini takomillashtirishda inobatga olinadi | ||
| 31. | Tadqiqotchilar uchun ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻyicha oʻquv-metodologik treninglar tashkil etilgani.
Taʼlim tashkilotida ilmiy-tadqiqot faoliyatini samarali tashkil etish va amalga oshirish ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida o‘quv-metodologik treninglar, seminarlar va master-klasslar muntazam tashkil etilgani hamda ularning natijadorligi o‘rganiladi. |
Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻyicha oʻquv-metodologik treninglar rejasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan |
| Oxirgi 3-yilda tadqiqotchilar uchun muntazam ravishda treninglar, seminarlar yoki master-klasslar oʻtkazilgan | ||
| Treninglar dasturi ilmiy-tadqiqot metodologiyasi, axborot bazalaridan foydalanish va akademik yozishmalarni qamrab olgan | ||
| Treninglarda tadqiqotchilar, ilmiy rahbarlar va tashqi ekspertlar ishtirok etgan | ||
| Treninglar samaradorligi boʻyicha ishtirokchilar fikr-mulohazalari va tahlil hisobotlari mavjud | ||
| Treninglar natijasida ilmiy-tadqiqot faoliyatida faollik oshgani haqida tahlil maʼlumotlari shakllantirilgan | ||
| 32. | Tadqiqotchilarga yetarli darajada tadqiqot olib borish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha maslahat berish xizmatlarining tashkil etilgani.
Taʼlim tashkilotida tadqiqotchilarga ilmiy, ijtimoiy va psixologik yo‘nalishlarda maslahat hamda qo‘llab-quvvatlash xizmatlari ko‘rsatilgani, karyera xizmatlari faoliyatining samaradorligi muntazam monitoring qilinib, takomillashtirib borilgani o‘rganiladi. |
Tadqiqotchilarni ijtimoiy, akademik va psixologik qoʻllab-quvvatlash boʻyicha xizmatlar mavjud |
| Tadqiqotchilar uchun maslahat berish (konsalting) tizimi yoʻlga qoʻyilgan | ||
| Akademik maslahatchilar faoliyati samarali tashkil etilgan | ||
| Ijtimoiy himoya va moddiy yordam choralari tizimli amalga oshiriladi | ||
| Tadqiqotchilardan olingan fikr-mulohazalar asosida xizmatlar faoliyati takomillashtirilgan | ||
| 33. | Tadqiqotchilarning huquqlarini himoya qilish va shikoyatlarini koʻrib chiqish tartibining mavjudligi.
Taʼlim tashkilotida tadqiqotchilarning huquqlarini himoya qilish, shikoyat va murojaatlarni koʻrib chiqish boʻyicha aniq tartib hamda samarali monitoring tizimi mavjudligi, ularning natijalari asosida takomillashtirish choralari koʻrilgani oʻrganiladi. |
Tadqiqotchilar huquq va erkinliklarini taʼminlash tartibi belgilangan |
| Shikoyat va murojaatlarni qabul qilish tizimi yoʻlga qoʻyilgan | ||
| Murojaatlar va shikoyatlarni qabul qilish uchun ochiq axborot kanallari (onlayn/ an’anaviy) mavjud | ||
| Tadqiqotchilar murojaatlarini koʻrib chiqish muddati va tartibiga rioya qilinadi | ||
| Shikoyatlar va murojaatlar boʻyicha qarorlar rasmiy ravishda hujjatlashtirilgan | ||
| Murojaatlar natijalari tahlil qilinib, tizimli choralar koʻrilgan | ||
| Tadqiqotchilar huquqlari va murojaat qilish imkoniyatlari haqida xabardorlikni oshirish ishlari amalga oshirilgan | ||
| VIII. Moddiy-texnik taʼminot yoʻnalishi
Taʼlim jarayoni uchun zarur binolar, laboratoriyalar, amaliy mashgʻulot xonalari, kutubxona va AKT infratuzilmasi doktorantura taʼlim dasturi talablariga mos jihozlanganligi, doimiy yangilanib borishi, tadqiqotchilar ehtiyoji va mehnat bozori talablariga javob berishi hamda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish imkoniyatini ta’minlashga qaratilgan faoliyat baholanadi. |
||
| 34. | Ilmiy-eksperimental laboratoriya va maydonlar bilan taʼminlanganlik darajasi, ularning zamonaviy asbob-uskunalar, jihozlar, inventarlar, texnikalar, xomashyo materiallar va boshqalar bilan taʼminlangani va ulardan foydalanilishi holati.
Tadqiqot faoliyatini samarali ta’minlash uchun yetarli darajada shart-sharoitlar mavjudligi, zamonaviy asbob-uskunalar, jihozlar, inventar, texnika va sarf materiallari bilan ta’minlanganlik hamda ular izlanuvchilar va tadqiqotchilar tomonidan samarali foydalanilayotganligi holati oʻrganiladi. |
Ilmiy-tadqiqot faoliyati uchun maxsus ilmiy-eksperimental laboratoriyalar va maydonlar mavjud* |
| Laboratoriyalar va ilmiy maydonlar zamonaviy asbob-uskunalar, jihozlar va inventarlar bilan jihozlangan* | ||
| Asbob-uskunalarning texnik holati, kalibrovka va xizmat koʻrsatish tizimi yoʻlga qoʻyilgan | ||
| Laboratoriyalardagi jihozlardan doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va professor-oʻqituvchilar foydalanish imkoniyati muntazam taʼminlangan | ||
| Ilmiy faoliyat uchun xomashyo, material va reaktivlar bilan taʼminlash tizimi mavjud va muntazam yangilanib boriladi | ||
| 35. | Tadqiqot olib borish uchun zarur boʻlgan amaliyot bazalari va laboratoriyalari mavjudligi yoki sanoat hamkorlari va boshqa taʼlim tashkilotlari bazalaridan foydalanish yoʻlga qoʻyilgani.
Doktorantura taʼlim dasturlari talablaridan kelib chiqib, ilmiy tadqiqotlar va loyihalarni tashkil etish uchun zarur bazalar va laboratoriyalar mavjudligi, amaliyot imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida sanoat hamkorlari va boshqa taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilganligi oʻrganiladi. |
Ilmiy tadqiqotlar uchun zarur baza va infratuzilma mavjud |
| Ixtisosliklariga mos laboratoriyalar faoliyat koʻrsatadi | ||
| Laboratoriya jihozlari ish holatida va doimiy yangilanib boriladi | ||
| Ilmiy tadqiqotlar va stajirovkalar uchun sanoat hamkorlari bilan shartnomalar qilingan | ||
| Sanoat hamkorlari bilan oʻzaro hamkorlikni baholovchi mexanizm mavjud | ||
| Tadqiqot natijalarining tahlillari taʼlim jarayonini takomillashtirish uchun qoʻllaniladi | ||
| 36. | Ixtisoslik xususiyatidan va izlanuvchilar sonidan kelib chiqib tadqiqot sohasi boʻyicha ilmiy manbalarning mavjudligi va elektron resurslar bilan belgilangan talablarga muvofiq taʼminlangani.
Izlanuvchilar soni ixtisoslik yoʻnalishidan kelib chiqib, tadqiqot sohasiga oid ilmiy manbalar, adabiyotlar, elektron maʼlumotlar bazalari hamda axborot resurslari yetarli darajada mavjud boʻlishi va belgilangan talablarga muvofiqligi oʻrganiladi. |
Ixtisoslik yoʻnalishlari boʻyicha zamonaviy ilmiy manbalar fondi mavjud |
| Izlanuvchilar uchun ilmiy jurnallar, dissertatsiyalar va statistik maʼlumotlardan foydalanish imkoniyati yaratilgan | ||
| Taʼlim tashkilotida ilmiy elektron kutubxona faoliyat koʻrsatadi* | ||
| Ilmiy manbalar va elektron resurslar doimiy yangilanib boriladi va izlanuvchilar ehtiyojiga moslashtirilgan | ||
| Izlanuvchilar va ilmiy rahbarlar tomonidan elektron bazalardan foydalanish faoliyati yuritilib, statistik tahlil qilinadi | ||
| Axborot-taʼlim muhitida foydalanuvchilar uchun yoʻriqnoma va qoʻllanmalar ishlab chiqilgan hamda amalda qoʻllaniladi | ||
| 37. | Inklyuziv taʼlim olish uchun binolar va jihozlarning moslashtirilgani, maxsus oʻquv materiallarining mavjudligi, axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgani.
Nogironligi bo‘lgan tadqiqotchilar uchun binolar, xonalar va jihozlar moslashtirilganligi, maxsus oʻquv materiallari hamda axborot-kommunikatsiya vositalari orqali teng imkoniyatlar yaratilganligi holati oʻrganiladi. |
Ta’lim tashkilotida pandus, lift va maxsus hojatxonalar mavjud |
| Ta’lim tashkilotiga kirish va harakatlanish qulayligi taʼminlangan | ||
| Auditoriyalar imkoniyati cheklanganlar uchun maxsus uskunalar bilan jihozlangan | ||
| Ta’lim tashkilotida maxsus oʻquv materiallari (brayl yoki audio materiallar) mavjud | ||
| Maxsus axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda yordamchi vositalari joriy etilgan | ||
| Imkoniyati cheklangan tadqiqotchilar uchun individual taʼlim olish rejasi tuzilgan | ||
Izoh.*Majburiy boʻlgan indikatorlar.
Loyihaga ovoz berish jarayonlari joriy yilning 29-noyabr kuni yakunlanadi.
Avvalroq, ‘‘Kasbiy taʼlim tashkilotlarini kompleks davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishda baholash mezonlari boʻyicha indikatorlarni tasdiqlash haqida’’ qaror loyihasi e’lon qilingani haqida xabar bergan edik.
