Bogʻcha ishlariga aralashadigan ota-onalarga qanday chora koʻriladi?

Bogʻcha ishlariga aralashadigan ota-onalarga qanday chora koʻriladi?

Savol: Assalomu alaykum, men maktabgacha taʼlim tashkilotida direktor boʻlib ishlayman. Meni tayyorlov guruhimda bitta tatar ayol bor. Shu ayoldan 6 yildan beri tinchlik yoʻq, ishimizda. Har oy bitta arzimas sabab deb kelib, tarbiyachi, yordamchi tarbiyachi bilan urishib ketadi. Doim tashkilot ishiga aralashadi. Biron bir xodim oʻz xohishi bilan ishdan chiqib ketsa ham, men bilan kelib soʻroq savol qiladi, nimaga chiqarib yubording, deb. Doim uni qizining guruhiga bola kelsa, uni surishtiradi. Har kuni soat 10-11 da bolasini olib keladi tashkilotga. Ota onalarning kirishi mumkin boʻlmasa-da, oʻzi guruhigacha olib kirib qoʻyadi. Eshik tagidagi hamshira, qorovul bilan janjallashib eshikni tepib, kirib ketadi. Uni ustimizdan yozishidan toʻyib indamaymiz, lekin hamma tashkilot xodimlari, men ham shu ayoldan yomon toʻydik. Janjallaridan charchadik. Biron narsa desak, yugurib ustimizdan yozadi. Shunga bu ayolga qonuniy chora koʻrsa boʻladimi? Qanday yoʻl tutish kerak? Shunga yordam qiling, iltimos.

 

Siz taʼriflagan holatda maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbar sifatida qonun asosida tartib oʻrnatish huquqingiz bor.

 

Qonun asoslari va chora koʻrish huquqingiz:

 

– “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi qonunning 39-moddasiga koʻra, tashkilotda ichki tartib-qoidalarga rioya etish barcha tarbiyalanuvchilarning ota-onalari uchun majburiy.

 

– “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks” 183-moddasiga muvofiq, jamoat tartibini buzish, janjal chiqarish, tahdid yoki haqorat uchun maʼmuriy jarima yoki 15 sutkagacha qamoq belgilanishi mumkin.

 

– Agar u shaxsan xodimlarga bosim oʻtkazayotgan, haqorat qilgan yoki ish jarayoniga toʻsqinlik qilayotgan boʻlsa, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 41-moddasiga binoan (haqorat qilish) tegishli sektor profilaktika inspektoriga yoki xalq qabulxonasiga murojaat qilish mumkin.

 

– Tashkilot rahbari sifatida siz rasmiy ichki buyruq chiqarib, ota-onalar uchun kirish tartibini cheklash va uni buzgan holatda yozma ogohlantirish (предупреждение) berish huquqiga egasiz.

 

Agar ogohlantirishdan keyin ham tartibsizlik davom etsa, rasmiy bayonnoma tuzib, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks asosida chora koʻrilishini talab qilish mumkin.