Attestatsiyada yuqori natija ko‘rsatgan matematika fani o‘qituvchilari e’lon qilindi

Attestatsiyada yuqori natija ko‘rsatgan matematika fani o‘qituvchilari e’lon qilindi

Xabaringiz bor, ayni kunlarda pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

 

10-11-noyabr kunlari mazkur sinovlarda umumiy oʻrta taʼlim maktablarining matematika fani oʻqituvchilari ishtirok etadilar.

 

Matematika fanidan bo’lib o’tayotgan malaka test sinovlarida quyidagi o‘qituvchilar yuqori natijalarni qayd etishdi:

 

— G‘ijduvon tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi Gulrux Hayitova – 96 ball,

 

— G‘ijduvon tumanidagi 59-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Jo‘rabek Qurbanov – 94 ball.

 

— Buxoro shahridagi 17-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Gulsanam Akmalova – 92 ball,

 

— Buxoro shahridagi 20-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Abduhamid Hamidov – 92 ball,

 

— Buxoro shahridagi 40-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Azizbek Homidov – 90 ball,

 

— Buxoro tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi Mamadalі Qozimov – 90 ball bilan oliy malaka toifasini qo’lga kiritishdi.

 

Avvalroq, toifa sinovlarida yuqori natija qayd etgan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari e’lon qilingandi.

 

Shuningdek, buxorolik fransuz va nemis tili o‘qituvchilari attestatsiyada yuqori natijalarni qayd etishgandi.