‘‘Yuklama oshib ketgan’’: Xususiy texnikumlar prof-emis.edu.uz tizimidan shikoyat qilmoqda. Vazirlik holatga izoh berdi

‘‘Yuklama oshib ketgan’’: Xususiy texnikumlar prof-emis.edu.uz tizimidan shikoyat qilmoqda. Vazirlik holatga izoh berdi

Ijtimoiy kanallardan biriga xususiy texnikumning prof-emis.edu.uz tizimi juda sekin ishlayotgani, baholarni faqat kechki payt qo‘yish mumkinligi va bu faqat xususiy texnikumlarga nisbatan qilinayotgani haqida murojaat kelgan.

 

 

Murojaatchining yozishicha, prof-emis.edu.uz tizimi juda sekin ishlaydi. Unga faqat kechki payt soat 8 dan keyin baholarni qo‘yish mumkinligini ta’kidlangan.

 

“Assalomu alaykum hurmatli tahririyat. Men xususiy texnikum direktoriman. Sizga Respublikamizdagi barcha xususiy texnikumlar nomidan murojaat qilmoqchiman.

 

Xabaringiz bor, professional ta’lim muassasalari o‘zining elektron platformasiga ega. Platforma nomi http://prof-emis.edu.uz. Ushbu tizim barcha texnikumlar faoliyatini tartibga solish uchun ishlab chiqilgan. Talabaning darsga qatnashishi, baholari va talabalarning kursdan kursga o‘tishi va boshqa talabalar nazorati ushbu tizim orqali amalga oshiriladi.

 

Muammo shundaki, http://prof-emis.edu.uz tizimi juda sekin ishlaydi. Faqat kechki payt soat 8 dan keyin baholarni qo‘yish mumkin. Eng yomoni, tizim haqidagi muammoni kimga aytishni bilmaymiz. Xodimlari juda qo‘pol, “xohlasang shu , xohlamasang katta ko‘cha” qabilida ish qiladi. Call center mavjud emas. Xodimlariga sms yozish uchun pul to‘lash kerak. Texnikumlar ushbu tizimdan foydalanish uchun yiliga 22,5 mln so‘m pul to‘laydi. Pulni olishdimi, sifatli ish qilishi kerak emasmi?!

 

Talabalar ham ushbu tizimdan norozi. Sababi ular ta’lim krediti olishi uchun ushbu tizim orqali ariza berishi kerak. Lekin kechki soat 8 gacha tizim umuman ishlamaydi. Tizimga javobgar Jahongir Uzakov o‘zini vazirdan ham yuqori tutadi. Unga sms yozish uchun albatta telegramni pullik xizmatidan foydalanish kerak.

 

Biz xususiy texnikumlar prezidentimizni amaldagi siyosatini bajaryapmiz, ya’ni yoshlarni kasbga o‘rgatyapmiz. Lekin vazirlikdagi ba’zi oyog‘i yerdan uzilgan xodimlar tufayli butun xususiy texnikum xodimlari qiynalishyapti. Umid qilamanki, ushbu murojaatim mas’ul xodimlarga yetib boradi va bizga amaliy yordam ko‘rsatishadi”.

 

‘‘Yuklama oshib ketgan’’: Xususiy texnikumlar prof-emis.edu.uz tizimidan shikoyat qilmoqda. Vazirlik holatga izoh berdi

 

‘‘Yuklama oshib ketgan’’: Xususiy texnikumlar prof-emis.edu.uz tizimidan shikoyat qilmoqda. Vazirlik holatga izoh berdi

 

 

Holatni o‘rganish maqsadida Ta’lim xabarlari nashri muxbiri Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi matbuot kotibi Nazokat Abduqunduzova bilan bog‘landi.

 

 

Ma’lum qilinishicha, tizimda foydalanuvchilar sonining keskin ortishi natijasida tizimga yuklama oshganligi, shuningdek, Hisob palatasi uchun ajratilgan API so‘rovlarining barcha o‘quvchi va o‘qituvchilar ma’lumotlarini bir vaqtning o‘zida olishiga to‘g‘ri kelayotgani sababli ayrim hollarda vaqtinchalik uzilishlar kuzatilgan. Mazkur texnik jarayonlar esa 16-oktyabrdan 1-noyabrgacha davom etishi haqida texnik qo‘llab-quvvatlash guruhlarida oldindan ma’lum qilingan.

 

‘‘Joriy o‘quv yilidan boshlab barcha kasbiy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini yuritishda qog‘oz jurnal tizimi bekor qilinib, Kasbiy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi (prof-emis.edu.uz) orqali raqamlashtirilgan boshqaruv amaliyotga joriy etildi. Mazkur tizim yordamida o‘quvchilarning davomatlari, kundalik baholari, oraliq va yakuniy nazoratlari, diplom hamda uning ilovalari va boshqa o‘quv jarayonlari yagona elektron platformada yuritilmoqda.

 

Hozirda tizimdan 660 ta ta’lim muassasasida 500 mingdan ortiq foydalanuvchi faol foydalanib kelmoqda. Foydalanuvchilar sonining keskin ortishi natijasida tizimga yuklama oshganligi, shuningdek, Hisob palatasi uchun ajratilgan API so‘rovlarining barcha o‘quvchi va o‘qituvchilar ma’lumotlarini bir vaqtning o‘zida olishiga to‘g‘ri kelayotgani sababli ayrim hollarda vaqtinchalik uzilishlar kuzatilmoqda.

 

Tizimning barqaror ishlashini ta’minlash va yangi imkoniyatlarni joriy etish maqsadida takomillashtirish hamda optimallashtirish ishlari rejalashtirilgan bo‘lib, mazkur texnik jarayonlar 16-oktabrdan 1-noyabrgacha davom etishi haqida texnik qo‘llab-quvvatlash guruhlarida oldindan ma’lum qilingan.

 

Hozirgi vaqtda foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida texnik qo‘llab-quvvatlash uchun call-markaz (+998 71 203 13 24) faoliyat yuritmoqda’’, — dedi matbuot kotibi.