Xitoy universitetlari matematika va dasturlash yo‘nalishida dunyoda yetakchilik qilmoqda

Xitoy universitetlari matematika va dasturlash yo‘nalishida dunyoda yetakchilik qilmoqda

Xitoy oliy ta’lim muassasalari aniq fanlar sohasida jahon miqyosida yetakchilikni qo‘lga kiritdi. CWTS Leiden Ranking xalqaro reytingiga ko‘ra, matematika va informatika yo‘nalishida birinchi 30 ta o‘rinni to‘liq xitoy universitetlari egallagan.

 

 

Ro‘yxatda birinchi o‘rinni Chengdu shahrida joylashgan Xitoy Elektron fanlar va texnologiyalar universiteti egallagan. Matematika va dasturlash bo‘yicha eng yaxshi 50 ta oliygoh orasida esa faqat yettita universitet Xitoydan tashqarida joylashgan.

 

 

Fizika va muhandislik yo‘nalishlarida ham xitoy universitetlari ustunlikni saqlab qolgan. Reytingning dastlabki 25 pog‘onasidan 24 tasini Xitoydagi ta’lim muassasalari egallagan, yagona istisno — Yaponiya Tokiodagi Tokio universiteti, u 24-o‘rinni egallagan. Eng yaxshi 50 talik ro‘yxatga esa atigi olti ta xorijiy universitet kirgan.

 

Китайские университеты в рейтинге CWTS Leiden Ranking (математика и программирование) / © Universiteit Leiden

 

Agar barcha yo‘nalishlar — tibbiyot, gumanitar fanlar va yer haqidagi fanlar — hisobga olinsa, dunyoning eng yaxshi 25 ta universitetidan 16 tasi Xitoyga tegishli. Reytingda Chjetszyan universiteti birinchi o‘ringa loyiq deb topilgan.

 

 

CWTS Leiden Ranking — bu Niderlandiyadagi Leyden universiteti huzuridagi Fan va texnologik tadqiqotlar markazi tomonidan e’lon qilinadigan xalqaro universitetlar reytingi. Unda ilmiy nashrlar soni va sifati, tadqiqotchilarning iqtibos (sitata) ko‘rsatkichi hamda ilmiy ta’sir darajasi tahlil qilinadi. Aynan shu yo‘nalishda Xitoy universitetlari mutlaq yetakchilikni saqlab qolmoqda.

 

 

Reyting 2024-yilda e’lon qilingan bo‘lib, unda 2019–2022-yillar davomida erishilgan ilmiy natijalar hisobga olingan.

 

Китайские университеты в рейтинге CWTS Leiden Ranking (физика и инженерия) / © Universiteit Leiden