Toshkent Kimyo xalqaro universitetida ayrim bakalavriat yo‘nalishlari 3 yillik bo‘ldi

Toshkent Kimyo xalqaro universitetida ayrim bakalavriat yo‘nalishlari 3 yillik bo‘ldi

2026/2027-o‘quv yilidan boshlab Toshkent Kimyo xalqaro universitetida (KIUT) bir qator bakalavriat yo‘nalishlarida ta’lim muddati 3 yil etib belgilandi. Bu esa talabalar uchun mutaxassislikni tezroq egallash va mehnat bozoriga erta kirish imkonini yaratadi.

 

Bugungi kunda abituriyentlar oliy ta’lim muassasasini tanlashda ta’lim sifati, o‘qish muddati, xalqaro hamkorlik va grant imkoniyatlariga ham alohida e’tibor qaratmoqda. Shu jihatdan Toshkent Kimyo xalqaro universiteti joriy qabul mavsumida bir qator yangiliklarni taqdim etmoqda.

 

2018-yilda tashkil etilgan Toshkent Kimyo xalqaro universiteti bugungi kunda Toshkent, Namangan va Samarqand shaharlarida faoliyat yuritadi.

 

Universitet tarkibidagi 5 ta ta’lim maktabida 38 ta bakalavriat, 22 ta magistratura hamda 29 ta doktorantura (PhD) yo‘nalishlari mavjud. Hozirda bu yerda 40 mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda.

Toshkent Kimyo xalqaro universitetida ayrim bakalavriat yo‘nalishlari 3 yillik bo‘ldi

Ayrim yo‘nalishlarda ta’lim endi 3 yil

 

2026/2027-o‘quv yilidan boshlab quyidagi kunduzgi bakalavriat yo‘nalishlarida ta’lim muddati 3 yil etib belgilandi:

 

  • Qurilish;
  • Muqobil energiya;
  • Lift muhandisligi;
  • Elektrotexnika;
  • Mexatronika;
  • Mashinasozlik texnologiyasi;
  • Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji;
  • Axborot tizimlari muhandisligi;
  • Yo‘l harakatini boshqarish;
  • Interyer dizayni.

 

Shuningdek, Amaliy matematika, Rangtasvir, Arxitektura va shaharsozlik hamda Kosmik texnologiyalar yo‘nalishlarida kunduzgi ta’lim muddati 4 yilni tashkil etadi.

 

Toshkent Kimyo xalqaro universitetida ayrim bakalavriat yo‘nalishlari 3 yillik bo‘ldi

Ta’lim qaysi tillarda olib boriladi?

 

Universitetda darslar o‘zbek, rus va ingliz tillarida tashkil etiladi. Abituriyentlar kunduzgi va kechki ta’lim shakllaridan birini tanlashi mumkin.

 

Qabul yo‘nalishiga qarab test, suhbat yoki ijodiy imtihon asosida amalga oshiriladi. Masalan, Arxitektura va shaharsozlik, Interyer dizayni, Liboslar dizayni hamda Rangtasvir yo‘nalishlariga ijodiy imtihon orqali qabul qilinadi.

 

Universitet davlat litsenziyasi asosida faoliyat yuritadi va bitiruvchilariga beriladigan diplom O‘zbekiston hududida tan olinadi.

 

Ma’lumot uchun, xususiy oliy ta’lim muassasalari litsenziyasining haqiqiyligini tekshirish tartibi haqida avvalroq alohida maqola e’lon qilgan edik. Unda license.gov.uz portali orqali litsenziyani tekshirish bosqichlari batafsil tushuntirilgan.

Toshkent Kimyo xalqaro universitetida ayrim bakalavriat yo‘nalishlari 3 yillik bo‘ldi

Xalqaro ta’lim imkoniyatlari

 

Universitet xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma dasturlar va akademik almashinuv yo‘nalishlarida hamkorlik qiladi. Talabalar 2+2 dasturlari, exchange, summer school va winter school dasturlarida qatnashish, shuningdek, xorijda o‘qish va amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega.

 

Universitetda Janubiy Koreya, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Yaponiya va Malayziya kabi davlatlarda tahsil olgan professor-o‘qituvchilar ham faoliyat yuritadi.

 

Grant yutish imkoniyati ham mavjud

 

Universitetda har yili yuqori natija ko‘rsatgan talabalar uchun ta’sischilar grantlari ajratiladi.

 

Bundan tashqari, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlar uchun har bir bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha 10 tadan grant o‘rni ajratilgan.

Toshkent Kimyo xalqaro universitetida ayrim bakalavriat yo‘nalishlari 3 yillik bo‘ldi

Shuningdek, suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tib talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar birinchi o‘quv yili uchun o’tkaziladigan grant tanlovida ishtirok etishi mumkin. Tanlov g‘oliblari kontrakt to‘lovining 100, 75 yoki 50 foizigacha grant yutish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 

Hujjatlarni qanday topshirish mumkin?

 

Abituriyentlar hujjatlarini admission.kiut.uz onlayn qabul platformasi orqali yoki universitetga tashrif buyurgan holda topshirishlari mumkin. Platforma orqali qabul jarayoni, ta’lim yo‘nalishlari va hujjat topshirish tartibi bilan ham tanishish mumkin.

 

Bundan tashqari, universitetda bakalavriat bilan bir qatorda magistratura, doktorantura hamda ikkinchi mutaxassislik dasturlariga ham qabul davom etmoqda.

 

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:

 

Toshkent kimyo xalqaro universitetining rasmiy Veb-sayt: www.kiut.uz
Telegram: t.me/kiut_official
Instagram: instagram.com/kiut.official
Facebook: facebook.com/kiut.official
YouTube: youtube.com/@kiut.official
Qabul platformasi: admission.kiut.uz
Tel: +998 78 129 40 40