2026–2027-o‘quv yili uchun Toshkent shahridagi ixtisoslashtirilgan maktablar, ularning hududlardagi filiallari hamda yangi tashkil etilgan Muhandislik maktablariga kirish imtihonlari natijalari chiqmoqda. Bu haqda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi xabar berdi.
2026–2027-o‘quv yili uchun Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar hamda ularning hududlardagi filiallari, shuningdek, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va joriy yilda tashkil etilgan Muhandislik maktablariga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilinmoqda.
Abituriyentlar o‘z natijalarini quyidagi platformalar orqali tekshirishlari mumkin:
- my.gov.uz portal;
- https://ariza.piima.uz.
Nomzodlarga natijalarni tekshirishda shaxsiy ma’lumotlarini to‘g‘ri kiritish tavsiya etiladi.
Avvalroq, Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihoni natijalaridan norozilar apellyatsiya berish tartibi haqida ma’lumot berilgandi.
