7-avgust kuni navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash nazorat sinovlari o‘tkazilishi ma’lum qilindi. Sinovlar respublikaning 14 ta hududida tashkil etilib, ishtirokchilarga 50 ta test topshirig‘i taqdim etiladi.
Joriy yilning 7-avgust kuni navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash nazorat sinovlari oʻtkaziladi. Bu haqda MMTV xabar berdi.
Sinov jarayonlari quyidagi manzillarda tashkil etiladi:
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi
Manzil: Nukus shahri Ye.Alako‘z ko‘chasi 54-uy
Mo‘ljal: MEGA NUKUS savdo majmuasi yonida
– Andijon viloyati — viloyat Pedagogik mahorat markazi
Manzil: Andijon shahar, Istiqlol ko‘chasi 8-uy
Mo‘ljal: malaka oshirish instituti
– Buxoro viloyati — Buxoro shahridagi 44-maktab
Manzil: Buxoro shahar Bog‘ishamol ko‘chasi, 5-uy
Mo‘ljal: Sharq (oldingi Pedagogika kolleji binosi);
– Jizzax viloyati — Jizzax shahar 4-maktab
Manzil: Jizzax shahar, Kimyogar mahallasi To‘qimachilar ko‘chasi 45-uy;
Mo‘ljal: viloyat ko‘z kasalliklari shifoxonasi.
– Qashqadaryo viloyati — viloyat Pedagogik mahorat markazi
Manzil: Qarshi shahar Olimlar ko‘chasi 2-uy
Mo‘ljal: Qarshi davlat universiteti.
– Navoiy viloyati — Navoiy shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabi
Manzil: Navoiy shahar Aloqa ko‘chasi 6-uy
Mo‘ljal: Navoiy savdo markazi (SUM) orqa tomonida.
– Namangan viloyati — Namangan shahridagi 15-maktab
Manzil: Namangan shahri, Gʻishtko‘prik MFY, Uychi ko‘chasi, 329-A uy
Mo‘ljal: Chorsu.
– Samarqand viloyati — viloyat Pedagogik mahorat markazi
Manzil: Samarqand shahri, Hasan Obiddinov ko‘chasi, 7-uy
Mo‘ljal: Samarqand viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi
– Surxondaryo viloyati — Termiz shahridagi 14-sonli maktab
Manzil: Termiz shahar «A.Jomiy» MFY, So‘fi Olloyor ko‘chasi, 4/54-uy
Mo‘ljal: «TERMIZ-BAQTRIYA-SAVDO» buyum bozori.
– Sirdaryo viloyati — Guliston shahar viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabi
Manzil: Guliston shahar, Shodlik MFY, Navoiy shoh ko‘chasi 55-uy
Mo‘ljal: Guliston shahar istirohat bog‘i
– Toshkent viloyati — Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi
Manzil: Toshkent shahri, Beruniy ko‘chasi 83-A-uy,
Mo‘ljal: Metroning «Tinchlik» bekati, «IMZO» firmasining eski binosi.
– Farg‘ona viloyati — Farg‘ona shahridagi 28-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
Manzil: Farg‘ona shahar, “Istiqlol” MFY, A.Qodiriy ko‘chasi -13A.
Mo‘ljal: “Chery” avtosaloni.
– Xorazm viloyati — Urganch shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi (Al-Beruniy maktabi)
Manzil: Urganch shahar 4-Yuqori bog‘ mahallasi Maxtumquli ko‘chasi 229-a-uy
Mo‘ljal: Omad to‘yxonasi (omad bowling) yoki Urganch shahar 4-son ichki ishlar bo‘limi
– Toshkent shahri —Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi
Manzil: Toshkent shahri, Beruniy ko‘chasi 83-A-uy
Mo‘ljal: Metroning «Tinchlik» bekati, «IMZO» firmasining eski binosi.
Ushbu sinovlarda pedagoglarning mutaxassislik fani boʻyicha bilim darajasini aniqlash uchun 40 ta, pedagogik mahoratini baholash uchun 10 ta, jami 50 ta test beriladi. Har bir javob 2 balldan, jami 100 ball bilan baholanadi.
56 va undan yuqori ball toʻplagan talabgor test sinovidan oʻtgan hisoblanadi va uning shaxsiy kabinetiga elektron shakldagi sertifikat yuboriladi.
Navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.
Eslatib oʻtamiz, navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash nazorat sinovlarida qatnashish uchun murojaatlarni yuborish 2026-yil 31-iyul (shu kuni ham)ga qadar davom etadi.
Avvalroq, navbatdan tashqari attestatsiya va kasbiy sertifikat sinovlarida ishtirok etish uchun to‘lov miqdori 50 foizga kamaytirilishi haqida xabar bergan edik.
