Toifa olish uchun ariza yuborish tugashiga 8 kun qoldi: nimalarga e’tibor berish kerak?

Toifa olish uchun ariza yuborish tugashiga 8 kun qoldi: nimalarga e’tibor berish kerak?

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabr kunidagi 572-son Nizomning 26-bandiga ko’ra, ayrim holatlarda davlat xizmatlari markazi yoki Vakolatli vazirliklar tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishi rad etilishi mumkin.

 

 

Ariza rad etilishiga quyidagi holatlar sabab bo‘lishi mumkin:

 

– pedagog kadrlar tomonidan soʻrovnomaning elektron raqamli imzo yoki imzoni identifikatsiya qilishning boshqa vositalari yoxud SMS-xabarnoma bilan tasdiqlanmaganligi;

 

– pedagog kadrlar tomonidan notoʻgʻri maʼlumotlar yoki qalbaki hujjatlar taqdim etilgani maʼlum boʻlib qolganligi;

 

– soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarning toʻliq taqdim etilmaganligi;

 

– attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatganlik uchun belgilangan yigʻimning toʻlanmaganligi (pedagog kadrni navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻtkazish holatlari bundan mustasno).

 

 

Davlat xizmatlari koʻrsatishni mazkur bandda koʻrsatilgan asoslardan boshqa holatlar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

 

Pedagog kadrlarning shaxsiy kabinetida murojaat holati haqida quyidagi yozuvlardan biri boʻladi:

 

Yangi yoki yaratilgan — bu holatda talabgorlar oʻzilarini aniqlagan noaniqliklarni oʻzgartirishlari, maʼlumotlarni tahrirlashlari mumkin;

 

Jarayonda yoki koʻrib chiqilmoqda — ishchi guruh tomonidan oʻrganish boshlangan, bu holatda maʼlumotlarga oʻzgartirish kiritib boʻlmaydi;

 

Qabul qilingan — pedagog kadrga attestatsiyada ishtirok etishga ruxsat berilgan;

 

Rad qilingan yoki tahrirlashga qaytarilgan — bu holatda toʻgʻrilash mumkin boʻlgan kamchiliklarni toʻgʻrilab, tezda murojaatni qaytadan yuborishga harakat qilib ko’rish mumkin;

 

Navbatdan tashqari attestatsiya uchun toʻliq toʻlov qilinmasa, murojaatlar elektron bazada koʻrinmaydi va oʻrganib chiqilmaydi.

 

 

Muhim eslatma: Murojaatlari qabul qilingan barcha pedagoglar ham Shaxsiy kabinetlaridan SOʻROVNOMAni yuklab olib, undagi maʼlumotlar (FISH, ish joyi, amaldagi toifasi, attestatsiya turi, attestatsiyadan oʻtayotgan fani (lavozimi)) toʻgʻri yoki notoʻgʻri ekanligini tekshirib koʻrishlari shart. Maʼlumotlarda noaniqlik aniqlangan taqdirda zudlik viloyatdagi ISHCHI GURUHlariga murojaat qilishlari kerak boʻladi.