Gretsiyada aholining kamayishi 721 ta maktabning yopilishiga sabab bo‘ldi

Gretsiyada aholining kamayishi 721 ta maktabning yopilishiga sabab bo‘ldi

Gretsiya Ta’lim vazirligi tomonidan e’lon qilingan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-2026 o‘quv yilidan boshlab u yerda jami 13 478 ta ta’lim muassasasidan 721 tasi yopilishi kutilmoqda. Bu yopilishlarning tashqi sababi — mamlakatda kuzatilayotgan demografik inqirozdir.

 

Gretsiyaning ta’lim tizimida o‘quvchilar soni 2025-2026 o‘quv yili uchun taxminan 1,21 millionni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2018-2019 yillardagi 1,363 millionga nisbatan 150 mingga kam ekanini bildiradi.

 

Ta’lim tizimi amaldagi qonunchilikka binoan, agar maktabda 15 o‘quvchidan kam bo‘lsa, unda u yerda pedagog kadrlar funksionalligi buzilishi munosabati bilan faoliyat to‘xtatiladi. Ba’zi maktablar 3 yil davomida faoliyatni davom ettira olmasa, butunlay ta’lim xaritasidan chiqarilishi mumkin.

 

Boshlang‘ich maktablar eng ko‘p qisqarishga uchrayapti: 2018–2019 o‘quv yilida 247 ta boshlang‘ich maktab yopilgan bo‘lsa, 2025–2026 yilda bu ko‘rsatkich 324 taga yetdi. Maktabgacha ta’lim muassasalari ham qisqarishdan chetda qolmadi: ilgari 312 ta bog‘cha yopilgan bo‘lsa, endilikda 358 ta bog‘chaning faoliyati to‘xtatilishi rejalashtirilgan.

 

O‘rta ta’lim muassasalari ichida esa asosan yuqori sinf maktablari yopilmoqda, chunki bu bosqichda o‘quvchilar soni keskin kamayib bormoqda. Bunday qisqartirishlar faqat qishloqlar yoki kichik aholi punktlari bilan cheklanmayapti, balki katta shahar hududlariga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Masalan, Attika mintaqasidagi Afina shahrida 77 ta maktab faoliyati to‘xtatiladi.

 

Qishloq joylarda esa o‘quvchilar maktabga borish uchun kuniga 80 kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tishga majbur bo‘lyapti.