Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida, 21 yoshli va 43 yoshli ikki nafar ishsiz fuqaro noqonuniy diniy oʻqish tashkil qilganliklari aniqlangan. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 21 yoshli fuqaro Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan xonadonlardan birida 31 nafar bolalarga, 43 yoshli fuqaro esa Toshkent tumanidagi xonadonlardan birida 12 nafar voyaga yetmagan bolalarga diniy saboq bergan.
Noqonuniy faoliyat yuritgan mazkur shaxslar hamda bolalarni tarbiyalash majburiyatlarini bajarmagan ota-onalarga nisbatan qonunlarda belgilangan tartibda jazo tayinlangan.
Eslatma! Fevraldan boshlab O‘zbekistonda farzandini noqonuniy diniy ta’lim olishga jalb etgan ota-onalar BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarimaga tortilishi belgilangan.
